Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zPFL "Navbahor" klubining yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishi yuzasidan o‘z xavotirini bildirdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / Navbahor
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yozgi transfer oynasi yopilishiga 9 kun vaqt qoldi. 30 iyul sanasi tugashi bilan Liga musobaqalarida ishtirok etayotgan klublar uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish tizimi yopiladi.

Ayni vaqtda barcha klublar Liga bilan o‘zaro shartnomalarni muvofiqlashtirish ustida ish olib bormoqda. "Navbahor" klubi esa nafaqat mazkur masala yuzasidan kechikmoqda. Balki ikki katta muammo qarshisida turibdi.

Birinchidan, "Navbahor" yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish huquqiga ega emas. Boisi, FIFA Giorgi Nikabadze da’vosini qanoatlantirgan bo‘lib, klub o‘z sobiq futbolchisi oldidagi qarzdorligini bartaraf qilmagunga qadar, "Navbahor" uchun transfer taqiqini joriy qilgan.

Ikkinchidan, "Navbahor" shu yilgi qishki transfer oynasi davomida sobiq futbolchilari Jamshid Iskanderov, Farrux Sayfiyev, Jamshid Boltaboyev oldidagi qarzlarini to‘lab berishi lozim edi. Biroq keyinchalik O‘zbekiston futbolchilari uyushmasi va da’vogar futbolchilar "Navbahor" bilan kelishib, qarzdorlik bosqichma-bosqich bartaraf qilinishini nazarda tutuvchi hujjatni imzoladi. O‘FUning 19 iyul kuni Liga hamda O‘FA tegishli qo‘mitasiga yozgan xatida "Navbahor" kelishuvlarga amal qilmagani ko‘rsatib o‘tilgan. Bu kabi holat qayta-qayta takrorlanayotganidan kelib chiqib, Uyushma endilikda faqatgina taqiq bilan cheklanib qolmay, FIFA nizomlari asosida "Navbahor" klubidan 6 ochko olib tashlash da’vosini ilgari surgan.

Ligaga ma’lum bo‘lishicha, "Navbahor" yozgi transfer oynasi davomida bir qator yangi futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olgan. Biroq ularni ro‘yxatdan o‘tkazish masalasi hozircha ochiq turibdi. Oldindagi 9 kun davomida klub avvaliga FIFA qo‘ygan taqiqni olib tashlashi, keyinchalik O‘FU bilan kelishuv shartlarini bajarishi, shuningdek, Liga oldidagi majburiyatlariga e’tibor qaratishi lozim.

Ma’lumot uchun, 26-27 iyul sanalari ish kunlari hisoblanmaydi. Shundan kelib chiqilsa, "Navbahor" 7 ish kuni ichida vaziyatdan chiqib ketishi talab etiladi.

"Navbahor" qayd etayotgan natijalar, joriy mavsum klub namoyish etayotgan o‘yinlar va klub olib borayotgan siyosat yildan-yilga yaxshilanib borayotganligini qayd etgan holda, yuqoridagi ko‘rsatilgan masalalar bir necha kun davomida ijobiy hal etilishiga umid bildiramiz" - deyiladi O‘zPFL bayonotida.

Kiritildi: 17:43, 21.07.2025. O'qildi: 1237 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик