Bugun 9 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 08.02.2026 00:45
      • Fiorentina
      • 2:2
      • Torino
      • 08.02.2026 16:30
      • Bolonya
      • 0:1
      • Parma
      • 08.02.2026 19:00
      • Lechche
      • 2:1
      • Udineze
      • 08.02.2026 22:00
      • Sassuolo
      • 0:5
      • Inter
      • 09.02.2026 00:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Lasio
      • 09.02.2026 22:30
      • Atalanta
      • -:-
      • Cremonese
      • 10.02.2026 00:45
      • Roma
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 08.02.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • 3:1
      • Elche
      • 08.02.2026 18:00
      • Alaves
      • 0:2
      • Xetafe
      • 08.02.2026 20:15
      • Sevilya
      • 1:1
      • Jirona
      • 08.02.2026 20:15
      • Atletik Bilbao
      • 4:2
      • Levante
      • 08.02.2026 22:30
      • Atletiko
      • 0:1
      • Betis
      • 09.02.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 10.02.2026 01:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Espanyol
  • APL
      • 08.02.2026 19:00
      • Brayton
      • 0:1
      • Kristal Pelas
      • 08.02.2026 21:30
      • Liverpul
      • 1:2
      • Manchester Siti
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 24 58
2 Milan 23 50
3 Napoli 24 49
4 Yuventus 24 45
5 Roma 23 43
6 Komo 23 41
7 Atalanta 23 36
8 Lasio 24 35
9 Udineze 24 32
10 Bolonya 24 30
11 Sassuolo 24 29
12 Kalyari 23 28
13 Torino 24 27
14 Parma 24 26
15 Jenoa 24 23
16 Cremonese 23 23
17 Lechche 24 21
18 Fiorentina 24 18
19 Piza 24 15
20 Verona 24 15

O'tgan o'yinlar.

24-тур Verona 0-0 Piza
24-тур Jenoa 2-3 Napoli
24-тур Fiorentina 2-2 Torino
24-тур Bolonya 0-1 Parma
24-тур Lechche 2-1 Udineze
24-тур Sassuolo 0-5 Inter

Navbatdagi o'yinlar.

09/02/26 Yuventus - Lasio
09/02/26 Atalanta - Cremonese
10/02/26 Roma - Kalyari
19/02/26 Milan - Komo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xordi Kroyff: «Barselona» - futbolchilar abadiy qolishni xohlaydin klub»

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Iqtiboslar
Rukn: Intervyular
A A A

Ayni payt Indoneziya milliy jamoa­si texnik maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritayotgan niderlandiyalik mutaxassis Xordi Kroyff vaqtida «Barselona» sport direktori sifatida klubni og‘ir moliyaviy holatdan olib chiqish va avvalgi mavqeini tiklashda jonbozlik ko‘rsatgandi. Buyuk Yoxan Kroyffning o‘g‘li yaqinda Kataloniya klubi hayotini yoritishga ixtisoslashgan barcamania.com sayti ijodkorlari bilan uchrashib, murakkab vaziyatlarda qanday strategiya asosida ish olib borilgani haqida so‘zlab berdi. Kichik Kroyff yana klub o‘sha davrdayoq Erling Xoland iqtidorini payqagani va uni o‘z tomoniga og‘dirishga uringanini tilga oldi.

— Tajribadan ma’lumki, muayyan klub sport direktori o‘zidan oldin ishlab ketgan mutaxassisni kamdan-kam holatda e’tirof etadi, ayniqsa, «Barsa»da. Lekin Kataloniya klubida sizning lavozimingizni egallagan Deku amalga oshirgan ishlaringizni oshkora tan oldi...

— Buning uchun Dekudan minnatdorman, albatta. Agar statistikaga qarasak, hozirgi jamoa tarkibining taxminan 90 foizi aynan biz ishlagan paytda shakllantirilgan. Asosiysi, biz tanlagan futbolchilar o‘tgan mavsumdagi natijalarga katta hissa qo‘shishdi. Odatda yangi jamoa shakllantirilsa, dastlabki mavsumlar qiyinchilik seziladi, baribir. Mana, yigitlar vaqt o‘tgani sayin o‘z salohiyatlarini namoyish etib, yuqori darajaga chiqishdi. Shunday ekan, «Barselona»da amalga oshirgan ishlarimizdan bemalol faxr­lanishim mumkin.

— Kataloniyada ish boshlagach, qanday muammolarga duch kelganingiz esingizdami?

— Bilasizmi, «Barselona» tarkibida Leo Messi o‘ynagan vaqtda himoyada qancha futbolchi bilan harakatlanish unchalik ahamiyat kasb etmasdi. Hammasi oddiy: yigitlar Leoni to‘p bilan ta’minlashgan, qolganini uning o‘zi hal qilgan. Ammo biz ishlagan payt Messining yo‘qligi yaqqol sezilib qolgandi. Zero, «Barsa»ning bunday dahosiz o‘ynashi qiyin edi, baribir. Axir yillar davomida Leo atrofida aniq sxema yaratilgandi. Xullas, ayniqsa, yevroarenalarda raqiblarga munosib qarshilik ko‘rsatish masalasida anchagina oqsagandik.

— Keyinchalik bu natijalarda ham aks eta boshladi...

— Ha. Raqobatbardosh jamoani saqlab qolish uchun «Barsa» DNKsida ba’zi narsalarni o‘zgartirishimiz talab etilardi. Lekin afsuski, ayrim qarorlarni qabul qilishda qiynaldik, natijada vaqt boy berildi. Shuning­dek, butun jamoaga ta’sir ko‘rsatadigan va yoshlarni o‘z ortidan ergashtiradigan chinakam yetakchi yo‘qligi ham pand berdi yaqqol. Tan olaylik, millionlar o‘yinida hali ham orzularni amalga oshirishda tajribali ijrochilarning o‘rni beqiyos, baribir.

— Keyingi qadam yanada og‘ir edi — g‘aznasida bir tiyin ham qolmagan klub tarkibini qayta takomillashtirish...

— Ayniqsa, birinchi qishki transferlar bozorida boshimiz rosa qotgandi. Deylik, «Barsa» uchun kerakli futbolchilar ijara kelishuvi asosida o‘ynashni istashmasdi, ularni sotib olish uchun esa pul yo‘q... Shuning uchun falsafamizga yaxshi moslashadigan, tajribasi baland, ammo o‘z klublarida e’tibordan chetga chiqqan futbolchilarni qidirishdan o‘zga choramiz qolmagandi.

— Obameyang va Adamani nazarda tutyapsizmi?

— Qaysidir ma’noda, ha. O‘sha payt kimni tarkibga qo‘shib olishimizdan qatiy nazar, u darhol natija keltirishi talab etilardi. Ya’ni yangi futbolchini moslashib olishini kutishga vaqt yo‘q edi. Deylik, Obameyang o‘z klubida muammolarga duch kelgan pallada safimizga qo‘shilgan va bu transfer samara keltirgan. Emerik futbolga munosabati, sheriklariga ijobiy energiya bag‘ishlashi va faqatgina yuqori marralarni ko‘zlashi bilan namuna bo‘lgandi. Umuman olganda, bejiz APLdan futbolchi izlamasdik. Binobarin, Ispaniyada futbolchilar oldiga Angliyadagi kabi juda yuqori talablar qo‘yilmasdi va ular La Ligaga yengil moslashishardi.

— Obameyang barchasini ochiq aytgandi: «Hech qaysi klubda «Barsa»dagidek baxtni tuygan emasman»...

— Aslida Emerik reja bo‘yicha «Bavariya»dan jalb etilgan Levandovski bilan tandem hosil qilishi lozim edi. Ammo keyinchalik moliyaviy «Feyr-pley» qoidalari tufayli uni o‘zimiz istamagan holda qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldik. Obameyangning o‘ziga ham ma’qul variant tug‘ilgani yakuniy to‘xtamga kelishimizda muhim rol o‘ynagan. Muhimi, u muxlislar, jamoa va rahbariyat bilan juda yaxshi munosabat o‘rnatgandi.

— Keyinchalik Kristensen ham erkin agent maqomida klub tarkibiga qo‘shildi...

— Transferlarga mablag‘ yo‘q, ammo pozisiya­larni kuchaytirish uchun yangi futbolchilar zarur... Bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l — munosib erkin agentlarni topish va ular bilan shartnoma tuzish. Adashmasam, o‘sha vaqt «Barsa»ga jalb etilgan 9 nafar himoyachidan faqat Jyul Kunde transferiga pul sarflagandik.

— Jamoa muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shgan muayyan futbolchini ajratib ko‘rsata olasizmi?

— O‘ylashimcha, Levandovskining kelishi muxlislarni hayajonga soldi va u jamoada qandaydir umid uchqunlarini yoqdi. Aynan Robert timsolida maydonda ham, undan tashqarida ham ta’sir kuchiga ega ijrochi bilan shartnoma tuzgandik. To‘g‘ri, Levagolning transferi uning o‘zi «Barsa»da o‘ynashni xohlagani uchun amalga oshdi. Fakt shuki, vaziyat taqozosi bilan bo‘lsada, nihoyatda kerakli futbolchini qo‘lga kiritgandik.

— Yana kimni e’tirof etishingiz mumkin?

— Deylik, Rafinyaning xizmatlarini ham alohida ta’kidlash kerak. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, u har mavsum ikki xonali raqamlarda yoziladigan darajada gol urmoqda. Rafa — e’tibordan chetda qoladigan yo‘llar orqali jamoaga muvozanat bag‘ishlaydigan futbolchi. Xullas, «Barsa» kelgusida ham  APLdan ko‘proq futbolchi jalb etishi kerak. Har holda, Angliya ligasida muvaffaqiyat qozongan futbolchi uchun sarflangan mablag‘ aksariyat hollarda o‘zini oqlagan. Misol uchun, Niderlandiya chempionatidan futbolchi sotib olsangiz va u o‘zini ko‘rsatolmasa, pulingiz kuyadi, hisob.

— Amalga oshmay qolgan transferlar ham bormi?

— Yashirmayman, Levandovski bilan kelishuvga erishgach, Xolandni ham o‘z safimizga qo‘shib olish orqali transfer olamini larzaga keltirishni o‘ylaganmiz. Afsuski, o‘sha payt bu shunchaki, imkonsiz ish edi. Shuning uchun klubning iqtisodiy holatidan kelib chiqib, nisbatan arzonroq transferlarga qo‘l urganmiz.

— Sizningcha, «Barselona»ni La Masiyasiz ham qutqarib qolish mumkinmidi?

— Aslo. Nazarimda, klub tizimidan chiqayotgan iste’dodlar — bebaho. Jamoada ishlagan davrda shunga amin bo‘ldimki, «Barselona» — futbolchilar abadiy qolishni xohlaydigan jamoa. Misol uchun, Niderlandiyadagi iqtidorlar faoliyatlarini Yevropaning eng kuchli ligalarida davom ettirishni xohlashadi. La Masiyadan chiqayotgan yoshlar uchun esa Kataloniyada qolishdan ko‘ra, yuksakroq orzu yo‘q.

— «Barselona»dagi faoliyatingizga nazar tashlab, avvalo, nimalar bilan faxr­lanasiz?

— Klubga borganimda, murakkab iqtisodiy sharoitda hammasini imkon qadar to‘g‘ri yo‘lga solish va qo‘ldan kelganicha yordam berishni o‘ylaganman. Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgach, o‘zimga pichirlaganim esimda: «Shukr, bu yerda nimagadir erisha oldim». Yaxshi bilasiz, otam sport direktori sifatida hech qachon unvon yutmagan, men esa buni uddaladim (kuladi).

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: iff.uz
Kiritildi: 21:58, 08.08.2025. O'qildi: 3027 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 14
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Комо Niko Pas 8
4 Комо Anastasios Duvikas 8
5 Ювентус Kenan Yildiz 8
6 Наполи Rasmus Xeylund 8
7 Верона Gift Orban 8
8 Интер Markus Tyuram 7
9 Милан Rafael Leau 7
10 Интер Xakan Chalxanoglu 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.