Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Dinamo», «Andijon», «Surxon» va «Navbahor» klublari jarimaga tortildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Diskvalifikasiyalar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘nggi turlar doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko‘rib chiqildi.

Superliga

“Andijon” — “Qo‘qon-1912”

Superliganing 16-turi doirasidagi “Andijon” — “Qo‘qon-1912” uchrashuvining 72-daqiqasida “Andijon” jamoasi futbolchisi Shahzod Azmiddinov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra Shahzod Azmiddinovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Shuningdek, ushbu uchrashuvini tashkil etishda, xususan, jamoalarni stadionga qadar yetib kelishini tashkillashtirishda mezbon jamoa tomonidan bir qator kamchiliklar aniqlangan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Andijon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“So‘g‘diyona” — “Nasaf”

Superliga 16-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” — “Nasaf” uchrashuvining 75-daqiqasida “Nasaf” jamoasi futbolchisi Suhrob Nurilloyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Suhrob Nurilloyevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qizilqum” — “Buxoro”

Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Qizilqum” — “Buxoro” uchrashuvining 90+2-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Ilhomjon Vahobov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Ilhomjon Vahobovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo” — “Navbahor”

“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin bo‘ladigan fleshintervyuda ishtirok etishi, shuningdek, o‘yindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Biroq “Dinamo” jamoasi futbolchilari uchrashuvdan so‘ng maxsus mikst-zonadan harakatlanmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Dinamo” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Surxon”

Superliganing 17-turi doirasidagi “Xorazm” — “Surxon” uchrashuvining 40-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Sunnatilla Poyonov to‘p uchun kurashda oyog‘ining tag qismi bilan raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Sunnatilla Poyonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 70-daqiqasida “Xorazm” jamoasi futbolchisi Abbos Otaxonov to‘p uchun kurashda raqib futbolchisi oyog‘ining himoyalanmagan qismiga oyog‘ining tag qismi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Abbos Otaxonovga nisbatan 3 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor” — “So‘g‘diyona”

17-tur doirasidagi “Navbahor” — “So‘g‘diyona” uchrashuvining 67-daqiqasida “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Xondamir Mustafoqulov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Xondamir Mustafoqulovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

90+5-daqiqada esa “So‘g‘diyona” jamoasi futbolchisi Zoir Jo‘raboyev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan. Unga nisbatan ham jarima intizom chorasi qo‘llanilgan.

“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Navbahor” jamoasi uchrashuvni tashkil qilishda kamchilikka yo‘l qo‘ygani, jumladan, uchrashuv davomida stadion xodimi mezbon jamoa o‘rindig‘i oldida turib uchrashuvni kuzatib, maydonga yaqin holatda futbolchilarga ko‘rsatmalar berishga uringani va komissar ogohlantirishlariga qaramay u hududni tark etmagani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra “Navbahor” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Buxoro” — “Xorazm”

Superliga chempionatining 18-turi doirasidagi “Buxoro” — “Xorazm” uchrashuvining 81-daqiqasida “Buxoro” jamoasi futbolchisi Toma Tabatadze, 83-daqiqasida esa shu jamoa futbolchisi Marko Kolakovich hakam qaroriga e’tiroz bildirganligi uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikksiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Neftchi” — “Nasaf”

Superliganing 18-turi doirasidagi “Neftchi” — “Nasaf” uchrashuvining 24-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Farrux Sayfiyev to‘p uchun kurashda oyog‘i bilan raqib futbolchisi oyog‘ining boldir qismini bosgani uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Farrux Sayfiyevga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 15.1 – bandida, klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Neftchi” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan, shuningdek, klub matbuot kotibi akkreditasiyasiz shaxslarni foto va media hududida faoliyat olib borishga ko‘maklashgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, klubga nisbatan jarima intizom chorasi belgilandi va klub matbuot kotibi kelgusida ushbu harakatlarni qayta takrorlasa, uning akkreditasiyasi bekor qilinishi bo‘yicha ogohlantirildi.

OKMK — “Qizilqum”

Superliga 18-turidan o‘rin olgan OKMK — “Qizilqum” uchrashuvining 66-daqiqasida “Qizilqum” jamoasi futbolchisi Asror G‘afurov hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Asror G‘afurovga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Dinamo” — “Paxtakor”

Superliganing 18-turi doirasidagi “Dinamo” — “Paxtakor” uchrashuvining 90-daqiqasida “Dinamo” jamoasi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov raqib futbolchisiga nisbatan to‘psiz vaziyatda tajovuzkor harakati uchun qizil kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Firdavs Abdurahmonovga nisbatan 2 ta o‘yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Uchrashuvning 90+9-daqiqasida “Paxtakor” jamoasi futbolchisi Hojimat Erkinov hakam qaroriga e’tirozi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Hojimat Erkinovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 15.1 – bandida klub reglamentda belgilangan majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun javobgar etib belgilangan. “Dinamo” klubi uchrashuvni tashkil qilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli jarima intizom chorasi belgilandi.

“Qo‘qon-1912” — “Surxon”

“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 16.7-bandida klub uchrashuv startidan 75 daqiqa avval elektron qaydnomaga futbolchilarning ismi-familiyasi, raqamlarini o‘sish tartibida hamda ampluasini, rasmiy shaxslar ismi-familiyasi va lavozimini lisenziyada ko‘rsatilgani bo‘yicha kiritish uchun Liga komissariga futbolchilar va klub rasmiylari lisenziyasini taqdim etishi talab etilgan. Mazkur uchrashuv avvalida “Surxon” jamoasi futbolchi va rasmiylarining barcha lisenziya hamda akkreditasiyalari ehtiyotsizlik sabab qolib ketgani oqibatda mehmon jamoa uchrashuvni lisenziyalarsiz o‘tkazgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, “Surxon” klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Xorazm” — “Qizilqum”

“Superliga va Pro-liga reglamenti”ning 18.7-bandida futbolchi va murabbiy uchrashuvdan oldin va keyin bo‘ladigan flesh intervyuda ishtirok etishi, shuningdek, o‘yindan keyin har bir futbolchi maxsus mikst-zona orqali stadionni tark etishi shart etib belgilangan. Mazkur uchrashuv yakunlangandan so‘ng “Xorazm” jamoasi futbolchisi Vladimir Bubanya kommisarning mikst-zonada o‘tish bo‘yicha talabni bajarmagan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Vladimir Bubanyaga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Navbahor” — “Neftchi”

Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Navbahor” — “Neftchi” uchrashuvining 90+3-daqiqasida “Neftchi” jamoasi futbolchisi Muhsin Ubaydullayev o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Muhsin Ubaydullayevga jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

“Qo‘qon-1912” — “Surxon”

Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” — “Surxon” uchrashuvining 7-daqiqasida “Surxon” jamoasi futbolchisi Asilbek Jumayev, 36-daqiqada esa “Surxon” jamoasi futbolchisi Behzod Shamsiyev hakam qaroriga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan. Ularning har ikksiga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Pro-liga

“Olimpik” — “Lokomotiv”

Pro-liga chempionatining 11-turi doirasidagi “Olimpik” — “Lokomotiv” uchrashuvining 86-daqiqasida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Kirill Todorov o‘yin vaqtini cho‘zganligi uchun sariq kartochka olgan.

Tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra, Kirill Todorovga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 17:26, 28.08.2025. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик