Bugun 8 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.03.2026 00:45
      • Napoli
      • 2:1
      • Torino
      • 07.03.2026 19:00
      • Kalyari
      • 1:2
      • Komo
      • 07.03.2026 22:00
      • Atalanta
      • 2:2
      • Udineze
      • 08.03.2026 00:45
      • Yuventus
      • 4:0
      • Piza
      • 08.03.2026 16:30
      • Lechche
      • -:-
      • Cremonese
      • 08.03.2026 19:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Verona
      • 08.03.2026 19:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Parma
      • 08.03.2026 22:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Roma
      • 09.03.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Inter
  • La-liga
      • 07.03.2026 01:00
      • Selta
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 07.03.2026 18:00
      • Osasuna
      • 2:2
      • Malyorka
      • 07.03.2026 20:15
      • Levante
      • 1:1
      • Jirona
      • 07.03.2026 22:30
      • Atletiko
      • 3:2
      • Real Sosyedad
      • 08.03.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Barselona
      • 08.03.2026 18:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Elche
      • 08.03.2026 20:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Betis
      • 08.03.2026 22:30
      • Sevilya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 09.03.2026 01:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Alaves
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 27 63
3 Atletiko 27 54
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 27 35
9 Atletik Bilbao 27 35
10 Osasuna 27 34
11 Xetafe 26 32
12 Jirona 27 31
13 Rayo Valyekano 26 30
14 Sevilya 26 30
15 Valensiya 26 29
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 27 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 26 17

O'tgan o'yinlar.

27-тур Selta 1-2 Real Madrid
27-тур Osasuna 2-2 Malyorka
27-тур Levante 1-1 Jirona
27-тур Atletiko 3-2 Real Sosyedad
27-тур Atletik Bilbao 0-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

08/03/26 Vilyarreal - Elche
08/03/26 Xetafe - Betis
08/03/26 Sevilya - Rayo Valyekano
09/03/26 Valensiya - Alaves
10/03/26 Espanyol - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kichik «Bornmut»dan «katta o‘yin»!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Diqqat qiling, APL o‘lchovi bilan ham katta klublar sirasiga kirmaydigan kamtarin «Bornmut» yozgi transferlar bozorida futbolchilar sotuvi orqali deyarli 230 million yevro ishladi. Jamoa ayniqsa, himoyaviy futbolchilar transferidan ko‘p foyda ko‘rdi. Ispaniyalik bosh murabbiy Andoni Iraola esa bo‘lajak yulduzlarni tayyorlashga kirishdi allaqachon. Qoyilmaqom futbol siyosati. Aytish kerak, joriy yoz birgina «Chelsi» futbolchilarni sotish orqali ko‘proq topdi, ammo «aristokratlar» shunga yarasha bozorda kattagina xarajatga ham qo‘l urishdi. Deyarli 300 million yevroga futbolchi sotgan «Bornmut» esa xaridlarga 100 «limon» ajratdi, xolos.

—  APLda futbolchi sotish masalasida «Bornmut»dan birgina «Chelsi» oldinda. London klubi joriy yoz sotuv kelishuvlaridan 232 million yevro topdi. Xususan, Jorje Petrovich aynan «Bornmut» safiga qo‘shildi deyarli 29 million yevro evaziga. Eng katta summa (55,4 million yevro) «Arsenal»ga ketgan Noni Madueke transferi orqali tushdi. Ammo «Chelsi» shuning barobarida joriy yoz 23 avgust kungi holat bo‘yicha 279 million yevro sarfladi.

—  «Bornmut»ning yana bir yulduzi Entoyn Semenyo APL grandlari e’tiborida turibdi. Jumladan, «Liverpul», «MYU» va «Tottenxem» ganalik 25 yoshli futbolchini sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda. Vaholanki, «Bornmut» yaqinda Semenyo bilan o‘rtadagi shartnoma muddatini 2030 yilgacha uzaytirdi.

—  «Bornmut» katta foyda evaziga yangi futbolchilar xaridiga 100 million yevro ajratdi. Xususan, «Lill» himoyachisi Bafode Diakite transferiga 35 million yevro berildi, «Chelsi» darvozaboni Jorje Petrovich deyarli 29 «limon»ga tushdi. Klub shuningdek, «Liverpul»dan 19 yoshli yarim himoya­chi Ben Doukni 23 million yevroga sotib oldi. «Renn» vakili Adriyen Tryuffer transferi esa 13,5 million yevroga baholandi.

—  «Bornmut» faqat top-klublar emas, «oddiy»larga ham futbolchi sotadi. Misol uchun, «Brentford» Dango Uattaraga ega chiqish uchun o‘z tarixidagi rekord transferga qo‘l urdi - 42,8 million yevro.

— «Bornmut» - pressing bo‘yicha top-klub, Andoni Iraola esa futbolchilarni yangi bosqichga tayyorlaydi. Muvaffaqiyatli transfer siyosatida ispaniyalik mutaxassis yo‘lga qo‘ygan taktik uslublar katta o‘rin tutadi. Chunonchi, Andoni Iraola «Bornmut»da APLdagi eng total pressing tizimlaridan birini shakllantirishga ulgurdi. «Murabbiyimiz jasoratiga qoyil qolaman. U raqibga qarab, o‘z uslubini o‘zgartirmaydi. Andoni o‘yindan oldin shunchaki, oddiy ko‘rsatma beradi: «Agar bor-yo‘g‘i 45 daqiqaga chidaydigan bo‘lsak ham, shu vaqt davomida bor kuchingizni tashlashingiz shart» - bu Entoyn Semenyoning e’tirofi. Xullas, «Bornmut» pressing soz­lamalari borasida haqiqiy top-klubdek. Murabbiy shu asnoda futbolchilarni navbatdagi darajaga mukammal tarzda tayyorlamoqda. Bu safar foyda asosan himoyachilar - Milosh Kerkez, Din Xyoysen va Ilya Zabarniy transferidan tushdi. Hatto Dango Uattara ham ba’zi o‘yinlarda chap qanot himoyachisi rolini bajargandi. To‘g‘ri, «Nottingem Forest» uni boshqa sifatlari uchun sotib oldi.

Hozirda top-jamoalarning 95 foizida pressing muhim talab hisoblanadi. Bu borada radikallik va hududlar o‘rtasida farq bordir, ammo mohiyat o‘zgarmaydi - kuchli presssing. Himoyachilar transferida odatiy savol tug‘iladi: nomzod futbolchi yangi klubda 30 metr yuqoriroqda o‘ynashga qanchalik moslashadi? «Bornmut»dan himoyachi sotib olinayotgan payt esa bunday savolga o‘rin qolmaydi. Chunki Iraola himoyachilardan muntazam oldinga chiqishni talab qiladi. Boz ustiga, ispaniyalik mutaxassisning pressing sozlamalari eng kichik detallarigacha top-klublar darajasiga mos keladi. Masalan, Iraolaning uslubi Luis Enrike «PSJ»da yo‘lga qo‘ygan o‘yin chizmasiga juda o‘xshash - individual ta’qib va total harakat. Ekspert­larning xulosalariga ko‘ra, Parijga yo‘l olgan Ilya Zabarniy nafaqat himoyadan oldinga chiqib o‘ynash, balki muayyan vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilishda ham uncha qiynalmaydi «Bortmut»da olgan ko‘nikmasi tufayli.

—  Milosh Kerkez «Liverpul»da Endi Robertson o‘rnini egallaydi. «Bornmut»ning pressing maktabi - katta plyus. Futbolchi Arne Slot uslubiga nafaqat to‘p bilan harakatlanish, balki hujumni qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan ham moslashishi kerak. Zero, niderlandiyalik mutaxassis Miloshdan boshqacha yo‘nalishlarda ham foydalanmoqchi. Oddiy aytganda, uni vaziyat yaratadigan chap tomon markaziy himoyachisi rolida ko‘rmoqda. Unutmaslik kerak, Kerkez «Bornmut»ga o‘tishidan oldin Niderlandiyaning AZ klubida o‘ynagan. Ya’ni Slot uning funksiyalarini oldindan biladi.

—  Din Xyoysen «Real»da markaziy himoya pozisiyasi uchun uzoq muddatli ijrochi. O‘tgan mavsum «Madrid»ga himoya markazida barqaror to‘p suruvchi futbolchi yetishmagandi. Mana, jamoa ushbu pozisiya bo‘yicha eng yaxshi bo‘lishga da’vogar yosh yulduzni o‘z safiga qabul qildi. Ilgari pressing qilish «Madrid»da o‘ynash uchun asosiy va doimiy talab hisoblanmasdi. Xabi Alonso boshqaruvida esa umumiy holat o‘zgarmoqda. Yangi murabbiy pressing masalasini hatto omma oldida tez-tez muhokama qilmoqda. Xyoysenning transferida uning «Bornmut» pressing maktabidan o‘tgani katta rol o‘ynagani ham aniq. Dinning to‘p bilan ishlash sifati - qo‘shimcha bonus. Bu uning professional darajadagi birinchi o‘yinlaridayoq ko‘ringan va yigitcha «Bornmut» nazariga tushgandi. Xyoysen Angliya­da o‘z fazilatlaridan keng foydalandi, lekin ularni deyarli rivojlantirmadi. «Real»­da esa to‘p bilan oldinga yurish, konstruktiv uzatmalar borasida ko‘proq erkinlikka ega bo‘ladigan futbolchi qisqa vaqtda yangi darajaga ko‘tarilsa, ajabmas.

—  Ilya Zabarniy «PSJ»da o‘ng tomon markaziy himoyasini kuchaytirishi kerak. O‘tgan mavsum Luis Enrike ixtiyorida bu pozisiya uchun birgina Markinyos bor edi. Shuning uchun ba’zida markazga chapaqay ijrochilarni qo‘yishga to‘g‘ri keldi. Bu esa to‘pni iloji boricha ko‘proq va xilma-xil tarzda nazorat qilishga intiladigan jamoa uchun yaxshi holat emas. Ha, Markinyos yana bir necha mavsum asosiy rol egasi bo‘lib qoladi katta ehtimol. Axir u hamon yuqori darajada, qolaversa, jamoa sardori ham. Zabarniy esa braziliyalik bilan uzoq muddat raqobatlashish salohiyatiga ega. Asosiysi, Ilya pressing bo‘yicha Enrike talablariga to‘liq javob beradi.

—  Dango Uattara APLning o‘rtamiyona klubida yetakchi bo‘lishga qodir. «Brentford» o‘zgaruvchan uslublarga tayanishini hisobga olsak, Uattaraga bir vaqtning o‘zida turli rollar tavsiya etilishi mumkin. Zero, unda universallik yuqori darajada. Deylik, Dango oxirgi mavsumlar har ikki qanotda vinger sifatida o‘ynadi, yana chap qanot himoya­chisi o‘rnida ko‘rinish berdi, hatto hujumchi funksiyalarini ham zimmasiga oldi. Xullas, Uattara sifatlar xilma-xilligiga ko‘ra, Brian Mbemo o‘rnini bosish potensialiga ega. Ehtimol, «Brentford» ayni shunga ishonch o‘laroq, o‘z tarixidagi transferlar rekordini yangilashdan qaytmadi. Uattaradan boshqacha foydalanish yoki unga kichikroq rol topshirish holatida esa bu transferdan ma’no chiqmaydi. Chunonchi, «Brentford» rasionalligi bilan ko‘zga tashlanishga ulgurib bo‘ldi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:52, 05.09.2025. O'qildi: 2371 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.