Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zPFL: Sentyabr oyida siz ko‘rishingiz shart bo‘lgan 5 uchrashuv

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Superligasi o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. O‘zbekiston kubogi musobaqasida esa finalchilar aniqlanish arafasida.

"Paxtakor" - "Neftchi"

13 sentyabr kuni O‘zbekiston Superligasining 21-turi doirasida "o‘zbek klasiko"siga guvoh bo‘lamiz. Ya’ni, "Paxtakor" klubi o‘z maydonida "Neftchi" jamoasini qabul qiladi.

Bu o‘yinning tarixi bir mavzu bo‘lsa, ayni vaqtda turnir jadvalidagi ahamiyat alohida mavzu. 20-turdan keyin chempionlik uchun kurashayotgan "Neftchi" jamoasi ayni vaqtda musobaqa jadvalida birinchi o‘rinni egallab turgan "Nasaf" klubi bilan ochkolar farqini bittagacha qisqartirib oldi. Jamoa chempionlik poygasida buyog‘iga ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q.

O‘z navbatida, "Paxtakor" klubi ham chempionlik uchun kurashdan chiqqani yo‘q. 21-turda qo‘lga kiritiladigan g‘alaba "sherlar"ni kuchli uchlikka qaytarishi mumkin. Demak, bizni jiddiy o‘yin kutib turganini taxmin qilish qiyin emas.

OKMK - "Bunyodkor"

19 sentyabr kuni Superligamizning 22-turi doirasida OKMK klubi o‘z maydonida "Bunyodkor" jamoasi bilan bellashadi. Ushbu jamoalarni hozirda turnir jadvalida 2 ochko ajratib turibdi. Ayni vaqtda har ikki jamoa juda yaxshi sport formada.

Mavsum boshida OKMK klubining Superligadagi mag‘lubiyasiz seriyasiga aynan "Bunyodkor" jamoasi yakun yasagan edi. Demak, bu gal Qosimov jamoasi ham revansh uchun bor imkoniyatini ishga solishi aniq.

Bu bellashuv shubhasiz Superliga muxlislari uchun qiziqarli va dramatik voqealarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

"Neftchi" - "Dinamo"

20 sentyabr kuni Superliganing 22-turi doirasida, Farg‘onada "Neftchi" jamoasi Samarqandning "Dinamo" klubini qabul qiladi. Ayni vaqtda har ikki jamoa chempionlik uchun asosiy da’vogarlar qatorida turishibdi.

"Neftchi" jamoasi "Dinamo"ni 4 ta o‘yindan beri mag‘lub etib kelmoqda. Jumladan, 2 iyul kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi bahsda ham farg‘onaliklar Samarqanddan g‘alaba bilan qaytdi.

Demak, bizni qiziq o‘yin kutayotgani aniq. "Neftchi" jamoasining g‘alabali seriyasi davom etadimi yoki Vadim Abramov murabbiy sifatida birinchi marta Levchenkoni mag‘lub etadimi? Buni 20 sentyabr sanasida "Istiqlol" stadionida o‘tadigan o‘yin orqali bilib olamiz.

"Paxtakor" - "Dinamo"

25 sentyabr kuni O‘zbekiston kubogi musobaqasining yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Dastlabki bahsda Toshkentning "Paxtakor" klubi mavsumni bir maromda o‘tkazayotgan Samarqandning "Dinamo" jamoasi bilan kuch sinashadi.

"Paxtakor" klubi 3 yildan beri O‘zbekiston kubogi musobaqasining finaliga yo‘l ola bilgani yo‘q. Samarqandning "Dinamo" jamoasi esa O‘zbekiston kubogidagi yagona finalini 25 yil oldin o‘tkazgan.

Ushbu turnir xalqaro musobaqaga yo‘llanma berishi bilan ham ahamiyatli. Shundan kelib chiqqan holda, ushbu o‘yinning darajasi ancha yuqori ekanligini tushunish mumkin.

"Buxoro" - "So‘g‘diyona"

25 sentyabr kuni O‘zbekiston kubogi musobaqasining ikkinchi yarim final o‘yini ham bo‘lib o‘tadi. Mazkur bahsda Viktor Karpenko boshchiligidagi "Buxoro" klubi o‘z maydonida Ivan Boshkovich qo‘l ostidagi "So‘g‘diyona" klubini qabul qiladi. Har ikki klub hozirgacha O‘zbekiston kubogi musobaqasining finalida o‘ynamagan.

Ushbu o‘yinidagi g‘alaba jamoalarga kerakligi e’tibori bilan dastlabki yarim final o‘yinidan ham ahamiyatliroq. Sababi, "Buxoro" va "So‘g‘diyona" jamoalari ayni paytda O‘zbekiston Superligasida chempionlik uchun kurashda qatnashayotganlari yo‘q. Ushbu jamoalar yilni sovrin bilan yakunlash niyatida bo‘lsalar, eng yaxshi yo‘l O‘zbekiston kubogi bo‘lib turibdi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:32, 06.09.2025. O'qildi: 1578 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик