Angliya Premyer-ligasi o‘zining rasmiy saytida "Manchester Siti" bilan bo‘lib o‘tayotgan jarayon haqida ma’lumot berdi. Avvalroq top-klub assosiasiyalangan tomonlar bilan kelishuvlar bo‘yicha APL qoidalaridan norozilik bildirgandi. Yakunda APL va "Manchester Siti" tortishuvni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
"Premyer-liga va "Manchester Siti" klub tomonidan avvalroq APT qoidalari bo‘yicha boshlangan arbitraj bo‘yicha kelishuvga erishdi. Tomonlar ishni to‘xtatishga kelishib oldi," - deyiladi liga bayonotida.
"Manchester Siti" Premyer-liga qoidalarini amaldagi va bajarilishi majburiy deb tan oldi, deyiladi press-relizda.
Shu bilan birga, APL va "Manchester Siti" bu borada boshqa hech qanday izoh bermaslikka kelishib oldi.
"Manchester Siti" Angliya chempionatining o‘tgan 3 turida 3 ochko jamg‘ardi.