Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muxlislar tashrifi bo‘yicha Superliga klublaridan qolishmayotgan Birinchi liga jamoalari

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Birinchi liga musobaqasi so‘nggi yillarda saviya hamda muxlislar qiziqishi borasida yaxshi o‘sishga erishdi. Ushbu turnir yarimprofessional klublar va viloyatlar futbol akademiyalarining jamoalariga ham imkon berilayotgani bilan ahamiyatlidir.

Bu yil musobaqa birinchi marta 3 ta mintaqada o‘tkazildi va PFL bu orqali musobaqaga 30 ta jamoani jalb qilishga erishdi. Tabiiyki, ushbu ishlar fonida mazkur musobaqaga qiziqish ancha ortdi. Bu yil ushbu musobaqada o‘ynayotgan bir necha klublarning o‘yinlarini tomosha qilish uchun stadionlarga minglab tomoshabinlar tashrif buyurmoqda.

Bugun muxlislar tashrifi bo‘yicha elita klublaridan qolishmayotgan Birinchi liga klublarini e’tirof etamiz.

"Bog‘dod"

O‘tgan yili Farg‘ona ligasida o‘tkazgan mazmunli o‘yinlaridan so‘ng Birinchi ligaga jalb etilgan "Bog‘dod" jamoasi allaqachon o‘z muxlislariga ega bo‘lishni boshladi.

Jamoaning Birinchi ligadagi debyut o‘yinini tomosha qilish uchun joriy yilning 13 aprel sanasi Bog‘dod tumanidagi stadionga 1200 dan ortiq muxlislar tashrif buyurdi.

Hozirgacha birinchi liganing 7 ta o‘yinini o‘z maydonida o‘tkazgan ushbu klubning barcha o‘yinlariga umumiy hisobda 7440 nafar muxlis keldi. Bu o‘rtacha hisobda har bir o‘yinga 1063 nafardan tomoshabin kelganini bildiradi.

"Kattaqo‘rg‘on"

Samarqandlik futbol muxlislari bu yil stadionlarga tashrif bo‘yicha vodiy klublari bilan raqobat qila olayotgani o‘zbek futboliga bee’tibor bo‘lmagan barchani xursand qilayotgani bor gap.

Viloyatning bosh jamoasi "Dinamo"ning o‘yinlarini tomosha qilish uchun Superliganing har o‘yinida 10 mingdan ortiq muxlis tashrif buyurishi odatiy holatga aylanib qoldi. Lekin samarqandlik muxlislar Birinchi ligada o‘ynayotgan klubini ham yolg‘izlatib qo‘yayotgani yo‘q.

Hozirgacha "Kattaqo‘rg‘on" klubi o‘z maydonida Birinchi liganing 7 ta o‘yiniga mezbonlik qildi. Ushbu o‘yinlarni tomosha qilish uchun esa umumiy hisobda 8 701 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha hisobda "Kattaqo‘rg‘on" klubining o‘z maydonida o‘tgan har bir o‘yiniga 1 243 nafardan tomoshabin kelganini bildiradi.

OKMK Semurg‘

Bu yil OKMK futbol klubi o‘zining Birinchi ligadagi farm-klubiga ega bo‘ldi va ushbu klub o‘z o‘yinlarini Angren shahrida o‘tkazishi belgilandi.

Bu esa bir necha mavsumdan beri professional futboldan bahramand bo‘lmay kelgan Angren xalqi uchun katta sovg‘a bo‘ldi.

OKMK Semurg‘ klubi o‘zining Birinchi ligadagi dastlabki uy o‘yinini joriy yilning 19 aprel sanasida o‘tkazdi. Ushbu o‘yinni tomosha qilish uchun stadionga 6 mingdan ziyod futbol ixlosmandlari tashrif buyurdi. Bu esa joriy yilgi mavsum Birinchi ligadagi rekord natija hisoblanadi.

Umumiy hisobda OKMK Semurg‘ jamoasining o‘z maydonida o‘tkazgan 7 ta o‘yinini tomosha qilish uchun 21 012 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu o‘rtacha har bir o‘yinga 3 002 tadan tomoshabin, demakdir.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 22:41, 20.09.2025. O'qildi: 669 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик