«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xavyer Maskerano klub hujumchisi Lionel Messining MLS doirasidan «Di-Si Yunayted»ga qarshi o‘yinda (3:2) penaltini nega ijro etmaganiga izoh berdi.
71-daqiqada «Inter Mayami» penalti ishlab oldi, ammo "nuqta" yoniga Mateo Silvetti keldi va zarbani golga aylantira olmadi.
Maskerano so‘zlarini Goal nashri keltirdi:
«Leo bundan avval ham ko‘p marta shunday qilgan — gol undan ko‘ra boshqasiga ko‘proq kerak bo‘lganda, imkoniyatni sheriklariga topshirgan. Leo uchun bu oddiy kecha, ammo boshqa futbolchi uchun mutlaqo o‘ziga xos voqea. Uning nafaqat gol urish, balki vaziyat yaratish, jamoani qiyin daqiqalarda oldinga yetaklash mahorati uni haqiqatan ham beqiyos qiladi».
«Di-Si Yunayted»ga qarshi o‘yinda Messi dubl qayd etdi va bitta golli uzatma ham amalga oshirdi.