“PSJ” klubining sobiq futbolchisi Rafinya jamoada Lionel Messi, Kilian Mbappe va Neymar birgalikda o‘ynagan davr haqida gapirdi.
“Yozgi yig‘in vaqtida, barcha jamoaga kelgan birinchi mashg‘ulotdayoq aytgandim: «Bu ishlamaydi». Darvozabondan boshlaylik: Navas yoki Donnarumma. Ulardan biri o‘ynamaydi — va bu uni jahllantiradi. Murabbiy bilan tortishuvlar, mojarolar bo‘ladi.
Himoyada — Markinyos, asosiy futbolchi, uni hech kim almashtira olmaydi; Kimpembe — “PSJ”ning kumiri; va Serxio Ramos. Har bir pozisiyada eng yaxshi himoyachilar. Hujumda — Di Mariya, Mbappe, Neymar va Messi. Ulardan qaysisini olib tashlaysiz? Di Mariyanimi? Uning jamoadagi obro‘si va ta’sirini inobatga olganda bu ham oson emas. Unga shunchaki zaxirada o‘tirish kerakligini aytolmaysiz. Bu tizim ishlamaydi.
Bu murabbiy uchun juda qiyin vaziyat edi. Bu ismlar va o‘yinchi darajasi bo‘yicha dunyodagi eng kuchli jamoa edi, lekin boshqarish jihatidan — juda og‘ir. Men o‘sha paytda ko‘p o‘ynamaganman, shunchaki chetdan kuzatganman”, — deydi Rafinya so‘zlarini "Lance" nashri keltiradi.
O‘tgan mavsumda “PSJ” Mbappe, Neymar va Messisiz Chempionlar ligasida g‘alaba qozondi.