Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb qilish, ularning jismoniy faolligini oshirish va ijtimoiy integrasiyasini ta’minlashda sport federasiyalarining o‘rni qanchalik muhim?
Shu munosabat bilan O‘zbekiston adaptiv sport turlari assosiasiyasi tarkibidagi Karlar, Ko‘zi ojizlar sport federasiyalari va Maxsus olimpiada respublika sport jamoat birlashmasi mas’ullari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda 2025 yilning 9 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinishi bilan bir qatorda sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama etildi.
Shuningdek, yig‘ilishda faqatgina musobaqalar o‘tkazish bilan cheklanib qolmasdan, davlat sport va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlab o‘tildi.
Bu yo‘nalishda Assosiasiyaning hududiy bo‘linmalari, shu jumladan, sport maktablari, maxsus ta’lim muassasalari hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini shakllantirish, trener va mutaxassislarni tayyorlashda ishtirok etish, adaptiv sport turlari bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Kelgusida bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada tizimli tashkil etish va qamrovni kengaytirish ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olindi.