«Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Enso Mareska Italiya terma jamoasining JCH-2026 ga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagani fonida italyan futbolidagi muammolar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Agar nimadir kutilganidek ishlamayotgan bo‘lsa, buning doim bir nechta sababi bo‘ladi. Bizga madaniy o‘zgarishlar kerak.
Bizda yosh o‘yinchilar yo‘q, deb o‘ylamayman. Gap ularga o‘ynash uchun imkoniyat berishdagi jasoratda. Yosh futbolchilar ham xuddi tajribali o‘yinchilar kabi xato qilishadi. Men yoshlar bilan til topishib ishlaganman. Barchamiz xato qilamiz.
Chempionlar ligasi biz qaysi yo‘nalishda ketayotganimizni ko‘rsatmoqda. «PSJ» bunga isbot bo‘la oladi. O‘tgan mavsumda ular g‘olib bo‘lishdi, bu yil esa — finalda. Biz ulardan nimadir o‘rganishimiz mumkin.
Menimcha, biz doim o‘zimizni himoya qilamiz. Agar «PSJ» Chempionlar ligasida zafar quchib, bu mavsumda ham finalga chiqqan bo‘lsa, demak, ular nimanidir to‘g‘ri bajarishmoqda.
Nima uchun «Bavariya»ga qarshi o‘yinni tanqid qilib, ular yomon himoyalanishdi deyishimiz kerak? Biz boshqa mamlakatlardan ko‘p narsa o‘rganishimiz mumkin, lekin biz juda mag‘rurmiz va boshqalardan o‘rganish biz uchun qiyin.
Biz o‘zini himoya qiladigan mag‘rur millatmiz. Ko‘plab mamlakatlar bizdan ko‘ra yaxshiroq ishlamoqda. Nima uchun buni tan olmaymiz?
Biz doimo qilayotgan ishimiz samarali va hech narsani o‘zgartirishga hojat yo‘q, deyishga moyilmiz», – dedi Enso Mareska.