Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pau Kubarsi: "Vazifamni sidqidildan bajarishga harakat qilaman"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

Hech qachon tabassumini yo‘qotmaydigan, yaxshi xulqli, tabiatan yumshoq fe’l-atvorga ega Pau Kubarsi Ispaniya terma jamoasida o‘zining mustahkam o‘rniga ega bo‘lib oldi. Shu bilan birga «Barselona»da ham yetakchiga aylangan markaziy himoyachi endi hech bo‘lmaganda, keyingi o‘n yil davomida «Qizil Furiya» mudofaa chizig‘ini ishonchli tarzda boshqarishga tayyor. Qolaversa, u o‘z maqsadlariga erishish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligini juda yaxshi tushunadi. FIFA kunlari sabab Ispaniya Futbol federasiyasining Las-Rosasdagi mashg‘ulot bazasi «Syudad del Futbol»ga tashrif buyurgan futbolchi Mundo Deportivo nashri ijodkorlari bilan uchrashib, ularni qiziqtirgan bir qator savollarga javob qaytardi.

— Yaqinda Flik bu xalqaro tanaffus «Barselona» o‘yinchilari uchun foydali bo‘lib, ularning tiklanishiga yordam berishini aytgandi...

— Ha, albatta. Negaki biz xalqaro tanaffusga ketma-ket ikki mag‘lubiyat orqali yo‘l oldik. Odatda bunday holat «Barselona» bilan juda kamdan-kam hollarda ro‘y beradi. Lekin o‘ylaymanki, FIFA kunlari barchamizga ijobiy energiya olib keladi. Xullas, hammasi ortda qoldi. Endi oldinga qarab intilishimiz va maydonda borimizni berish uchun jamoa safiga yangi kuch bilan qaytishimiz kerak.

— Sevilyadagi mag‘lubiyatdan so‘ng OAV bilan muloqotda jamoaviy birdamlikni tiklash kerakligini aytdingiz. O‘sha vaziyatda aynan nimani nazarda tutganingizni batafsilroq tushuntirib bera olasizmi?

— O‘tgan mavsumda bizni kuchli o‘yin ko‘rsatishimizga sabab bo‘lgan va g‘alaba qozonishimizga imkon bergan narsa shu ediki, barchamiz 90 daqiqa davomida birdam bo‘lib harakat qildik va raqibga bosim o‘tkazdik. To‘g‘ri, joriy mavsumda ham buni amalga oshirish uchun qo‘ldan kelgancha harakat qilyapmiz, lekin ba’zi o‘yinlarda o‘zimiz xohlagandek o‘yin namoyish eta olmayapmiz. O‘ylaymanki, biz yana o‘sha dinamikaga qaytishimiz, o‘yinga to‘g‘ri yondashuv va bir-birimizga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishim lozim.

— Oxirgi ikki mag‘lubiyatdan keyin o‘zingiz uchun qanday xulosaga keldingiz?

— Ochig‘i muvaffaqiyatsizliklarni qabul qilish hamisha qiyin. Lekin ulardan kerakli xulosa chiqarish biz uchun foydali bo‘lishi mumkinligini ham unutmasik kerak. Agar yo‘l qo‘ygan xatolarimizni to‘g‘ri tahlil qilsak, Chempionlar ligasida ham, La Ligadagi muhim uchrashuvlarda ham ma’lum jabhalarda yaxshilanishimiz mumkin. Nazarimda aynan shunday yondashuv kelgusida katta yutuqlarga erishishimizga yordam beradi.

— Ayrim mutaxassislar «Barselona» himoya vakillarining maydonda juda oldinga chiqib ketayotganlarini katta tavakkal o‘laroq qabul qilishmoqda. Yoki bu klub falsafasining bir qismimi?

— Xansi Flik va uning murabbiylar shtabi bizning o‘yinimizga aynan shunday falsafasini singdirishmoqda. Mana, o‘tgan mavsum bunga amal qildik va muvaffaqiyatga erishdik. O‘ylaymanki, bu yil ham xuddi shu dinamikani saqlab qolishimiz kerak. Faqat ayrim juz’iy kamchiliklarni bartaraf etsak kifoya. Qisqasi, «Barselona» o‘z o‘yin uslubi va falsafasiga monand o‘yin namoyish etmoqda. Uni o‘zgartirishga hojat yo‘q.

— O‘tgan mavsum markaziy himoyada Inigo Martines bilan juda kuchli tandem hosil qilgandingiz. Endi esa vaziyat biroz boshqacha. Aytingchi, Inigoni sog‘inyapsizmi?

— Inigo shunchaki maydondagi o‘yinchi emas, balki ijtimoiy hayotda ham haqiqiy sardorlardek edi. Aytish kerak, uning menga ko‘rsatgan yordami o‘laroq bugungi darajaga erishdim. To‘g‘ri, joriy mavsum Martinessiz qiyin bo‘ladi, lekin bizda Erik Garsiya, Andreas Kristensen hamda Ronald Arauxo kabi allaqachon yuqori saviyada o‘ynay olishlarini ko‘rsatgan ajoyib markaziy himoyachilar bor. Endilikda ular bilan bir-birimizni qo‘llab-quvvatlagan holda maydonda borimizni berishga harakat qilyapmiz.

— Ko‘pincha markaziy himoyaning chap tomonida o‘ynashingizga to‘g‘ri kelmoqda. Bu siz uchun noqulaylik tug‘dirmaydimi?

— Ochig‘i, bolaligimdan o‘ngda o‘ynashga ko‘proq odatlanganim bois bu chiziq mening tabiiy profilim, desam ham bo‘ladi. Lekin markaziy himoyaning chap tomonida to‘p surish ham mutlaqo bezovta qilmaydi. Umuman olganda, jamoa muvaffaqiyatlariga hissa qo‘shishim mumkin bo‘lgan istalgan pozisiyada o‘ynashga tayyorman. Agar murabbiylar meni qayerda sinab ko‘rishni istashsa ham zimmamga yuklatilgan vazifani sidqidildan bajarishga harakat qilaman va har doimgidek borimni beraman.

— Xansi Flik sizdan yetakchilik nuqtai nazaridan yana bir qadam tashlashingizni xohlashini aytdi. Qiziq, endigina 18 yoshdasiz, lekin u allaqachon sizdan ushbu mas’uliyatni so‘rayapti... Bunga o‘zingiz qanday munosabatdasiz?

— Mutlaqo qo‘shilaman. Axir men «Barselona»da o‘ynayapman va bu yerda yosh hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmasligi kerak. Shu bois bosh murabbiyimiz talab qilayotgandek, jamoadoshlarimni ruhlantira olishim hamda maydonda borimni bera olishim lozim.

— Oktyabr oxirida barchamizni o‘ziga xos o‘yin — «El Klasiko» kutmoqda. Bunday o‘yinlarni, ayniqsa, «Santyago Bernabeu»da o‘tkazish juda qiyin...

— Madridda «Real»ga qarshi o‘ynash har doim o‘zgacha hayajon baxsh etadi. «Barselona» tizimida tarbiyalanayotgan har bir futbolchi borki, vaqti kelib «El Klasiko»da o‘ynashni orzu qiladi. Chindan ham «Bernabeu»da o‘ziga xos aura hamda qaynoq atmosfera bor. Garchi menda hali «Kamp Nou»da o‘ynash imkoniyati yuzaga kelmagan bo‘lsada, «Real» maydonida ajoyib energiyani his qilib ulgurganman. Umid qilamanki, bu galgi to‘qnashuv ham o‘tgan yilgi an’anaga muvofiq «Barselona» foydasiga hal bo‘ladi. Buning uchun borimizni beramiz.

— Mbappe haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri so‘ramayman, lekin mashg‘ulotlarda doimo Laminga to‘qnash keladigan futbolchi sifatida aytingchi, kimni to‘xtatish qiyinroq — Mbappe yoki Yamal?

— Ikkalasini ham. Ular maydonda istalgan ishni qilishlari mumkin. Yamal ham Kilian ham judda chaqqon o‘yinchilar va o‘z jamoalarining chinakam yetakchilaridir.

— «Barselona» futbolchisi bo‘lish va mashhurlik sizga qanday ta’sir o‘tkazdi?

— Albatta, hayotimda juda ko‘p narsa o‘zgarib ketdi. Lekin asosiysi o‘zligimni yo‘qotmadim. Men hali ham o‘sha kamtar yigitman va ko‘proq uyda — oilam davrasida bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Ko‘chadan sarguzasht qidirmayman.

— Demak ortiqcha muammolarga duch keladigan odam emassiz?

— Albatta (kuladi).

— Keling, terma jamoa haqida ham biroz suhbat quramiz. Bugungi kunda «Qizil Furiya»dagi vazifangiz «Barsa»dagidan biroz farq qiladi. Bunga o‘zingiz qanday munosabatdasiz?

— Zimmamga qanday vazifa yuklatilmasin, qanday pozisiyada to‘p surishimdan qat’iy nazar terma jamoada o‘ynash hamisha g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. Men bu yerda har doim yuz foiz kuch bilan mehnat qilaman. Agar murabbiylar o‘ynash imkoniyatini berishsa, jamoaga yordam berish va birdamlik muhitini yaratish uchun qo‘limdan kelganini qilaman. To‘g‘ri, terma jamoada «Barselona»dagidek u qadar yuqori himoya chizig‘i bilan o‘ynamaymiz, lekin talablar deyarli bir xil.

— Bundan tashqari, terma jamoa tarkibida «Barsa»dagi ko‘plab jamoadoshlaringiz bor. Bu ham maydondagi jarayonni osonlashtirsa kerak?

— Albatta. Har kuni mashg‘ulot o‘tkazayotgan yigitlar bilan maydonga tushsangiz hamma narsa osonroq va tabiiyroq chiqadi.

— Bir vaqtlar Din Xeysen va sizni Ispaniya termasining kelajagi sifatida ta’riflashgandi...

— Ochig‘i men buni mas’uliyat sifatida qabul qilaman. To‘g‘ri, har kimning o‘z yo‘li bor. Ikkalamiz ham yoshmiz, o‘sib bormoqdamiz va kundan-kunga rivojlanishga harakat qilamiz. Lekin o‘ylaymanki, ikkimiz ham barchasini to‘g‘ri bajaryapmiz. Agar taqdir bizga uzoq vaqt birga o‘ynash imkoniyatini bersa, juda ajoyib bo‘lardi.

Xurshid YUSUPOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:57, 16.10.2025. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик