Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Otabek Narzullayev: "Futbolni jon koyitib o‘ynamasangiz, kim sizga uch ochko beradi?"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliga 25-turidan o‘rin olgan "Mash’al" — "Xorazm" (0:3) uchrashuvidan so‘ng "Mash’al" bosh murabbiyi Otabek Narzullayev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Yuzaga kelgan FIFA kunlaridan foydalanib "Dinamo" bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Bugun o‘yinning boshini yaxshi boshladik, lekin darvozamizga kiritilgan avtogol hamma rejalarni buzdi.

— Bungacha "Mash’al"ning U-19, U-21 jamoalarida ishlagansiz. Asosiy jamoa bilan ishlashda tajriba yetishmayaptimi?
— Bu o‘rinda bir gapni aytishim mumkin, agar futbolchi jon-jahdi bilan o‘ynamasa, har bir ochko, har bir to‘p uchun kurashmasa, qaysi murabbiy ishlamasin baribir foyda bo‘lmaydi.

Siz bor vaqtingizni ajratib, kerak bo‘lsa uydan uzoqda, vaqtingizni sarflab mashg‘ulot o‘tkazasiz, har bir o‘yinchiga maydonda nima qilishi kerakligini tushuntirasiz, ammo ko‘zi yonmasa yana nima qilish kerak. Yoshlar futbolida hech narsa o‘xshamasa ham futbolchilarning ko‘zi yonadi.

"Mash’al" — yaxshi klub, yaxshi futbolchilar yig‘ilgan. Lekin yaxshi futbolchilar yig‘ildi degani o‘yin ham yaxshi bo‘ladi degani emas. Kim ko‘p mehnat qilsa, Xudo shunga beradi. Mehnat qilmasangiz, g‘alaba ham bo‘lmaydi. To‘g‘ri, bu bilan o‘zimni to‘liq oqlamoqchi emasman, qayerdadir biz murabbiylar ham xato qilamiz. Lekin klubga va o‘yinga mas’uliyat hammada bo‘lishi kerak. Mas’uliyat bo‘lmasa o‘yinda o‘sish ham bo‘lmaydi. Men shunday deb o‘ylayman. Futbolni jon koyitib o‘ynamasangiz, kim sizga uch ochko beradi.

— Futbolchilar jamoani Superligada olib qolishni xohlamayaptimi? Gaplaringizdan shu ma’no kelib chiqyapti.
— Men bu fikrdan yiroqman. Hamma bilan gaplashyapmiz. Hech kim "Mash’al" tushib ketsin deyayotgani yo‘q. Mehnat qilib yutqazsangiz rosa alam qiladi, lekin mehnat qilmasdan mag‘lub bo‘lsangiz yana nima deyishim kerak bo‘ladi.

— Jamoada parokandalik yuzaga kelgandek. Qaysi o‘yindan keyin buni anglab yetdingiz?
— Bizda parokanadalik yo‘q. Ichki muhit ham yaxshi. Rahbariyat doim bizni qo‘llab turibdi. Oylik maosh va mukofot pullarini vaqtida olyapmiz. Buning uchun homiylarga va klubimiz rahbariyatiga katta rahmat. Bu yerda muammo boshqa joyda. Har bir murabbiy o‘yinda yutuq xohlaydi. Lekin yutuqni futbolchilar ham xohlashi va shunga qarab harakat qilishlari kerak. Birorta o‘yinni yutish oson emas. Shu sohani tanladikmi, oson bo‘lmasligini bilamiz. Ba’zan rahmat eshitamiz, ba’zan so‘kish. Bunga tayyor turish kerak, chunki o‘zim hammasini hisobga olgan holda murabbiylikni tanlaganman.

— Bugun urilgan uchala gol ham chap qanotdan kiritildi. Bu holatga e’tibor berdingizmi?
— Shu xatolar uchun ham Muhammadali Aliqulovni maydonga tushirdik. Ikkinchi gol bo‘lmaganida ikkinchi taymni boshqacha o‘tkazardik. Nechanchi o‘yindirki gol ura olmayapmiz. Bu ham tushkunlikka solyapti.

— Hakim Fuzaylov boshqaruvidagi "Xorazm" Asror Aliqulov davridagi "Mash’al"ga ham, siz boshqarayotgan "Mash’al"ga ham uchta gol urdi. Bu ham futbolchilarning mas’uliyatsizligi tufaylimi?
— Birinchi davradagi o‘yin haqida gapira olmayman, chunki u payt men jamoada emasdim. Ikkinchi davradagi o‘yinga kelsak, avtogol o‘tkazdik va aytib o‘tganimdek, bu gol rejalarimizni buzib yubordi.

— "Xorazm" va "Mash’al" futbolchilarini o‘zaro taqqoslaydigan bo‘lsak, oradagi farq yaqqol seziladimi?
— Yo‘q, sezilmaydi. Kerak bo‘lsa bizning futbolchilar raqib o‘yinchilariga nisbatan kuchli deb bilaman. Lekin hozirgi vaziyatda natijaga qarasak, ular kuchli ko‘rinishi mumkin, ammo men doim o‘z qo‘l ostimdagi futbolchilarga ishonaman.

Manba: fcmashal.uz
Kiritildi: 22:11, 17.10.2025. O'qildi: 542 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик