"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor A Seriya 7-turidan o‘rin olgan "Komo"ga qarshi o‘yinni sarhisob qildi. Uchrashuv "keksa sinyora"ning 0:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
"Biz bosim o‘tkazishni xohladik, ba’zida buni yaxshi uddaladik. Biz qo‘l qovushtirib o‘tirmadik. Qiyin o‘yin bo‘ldi, birinchi bo‘limda tengma-teng o‘ynadik, ammo standartdan o‘tkazib yubordik. Ikkinchi bo‘limda raqibning qo‘polliklari harakatlarimizga putur yetkazdi, ikkinchi goldan so‘ng o‘yin yakunlandi. Biz ikki hujumchi va ikki vinger bilan o‘ynay olmaymiz, unda kim himoyalanadi?" - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Janluka Di Marsio sayti.
"Meni nimadir bezovta qilyaptimi? Har doim. Mening hayotim shunday. G‘alaba qozonamanmi, durang o‘ynaymanmi yoki yutqazamanmi - men yaxshiroq qilish mumkin bo‘lgan narsalar haqida o‘ylashim kerak. Kiyinish xonasida maslahatlashamiz".
Bu o‘yindan keyin "Komo" beshinchi, "Yuventus" oltinchi o‘rinda bormoqda. Har ikki jamoa hisobida 12 tadan ochko mavjud. Klublarning jadvaldagi o‘rni turning boshqa o‘yinlari yakunlanganidan keyin ham o‘zgarishi mumkin.