Madridning "Real" klubi Xabi Alonso davrida asosiy tarkibga kira olmayotgan forvard Endrik uchun rejalarini aniqlab oldi.
Payshanba kuni klubda uchrashuv bo‘lib o‘tdi, uning natijalariga ko‘ra braziliyalik futbolchini yanvar oyida ijaraga yuborishga qaror qilindi, deb xabar beradi jurnalist Markos Benito. Shuningdek, "qaymoqranglilar" rahbariyati futbolchining Ispaniyada qolishidan ko‘ra, xorij klubiga o‘tishini ma’qul ko‘rayotgani ham ma’lum.
Ijara g‘oyasini Endrikning o‘zi ham qo‘llab-quvvatlaydi. Joriy mavsumda 19 yoshli hujumchi biror marta maydonga tushmadi. Nufuzli Transfermarkt portali "Palmeyras" sobiq yulduzining narxini 35 mln yevroga baholamoqda.