"Milan" Madridning "Real" klubi hujumchisi Gonsalo Garsiyaga qiziqishda davom etmoqda.
21 yoshli futbolchi doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun qishki transferlar davrida "qaymoqranglilar" safini tark etishi mumkin. Transfer News Live’ning MilanLive’ga tayanib xabar berishicha, "Milan"dagilar Luka Modrichning yordami Garsiyani transferga ko‘ndirishga yordam beradi, deb hisoblamoqda. 40 yoshli xorvatiyalik istiqbolli ispaniyalik bilan "Real"dagi birgalikdagi o‘yinlari orqali tanish.
Gonsalo Garsiyaning mashhur Transfermarkt portalidagi taxminiy narxi - 15 mln yevro. Futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi 2030 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.