"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kobbi Maynu boshqa klublar e’tiborida bo‘lib turibdi.
20 yoshli futbolchi yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti, shu sababli yozdayoq ijaraga ketmoqchi edi. Klubda xavbek bilan xayrlashishi mumkinligi haqidagi barcha mish-mishlar rad etilmoqda, ammo bu mavzudagi gap-so‘zlar tinmayapti. GiveMeSport xabariga ko‘ra, "Vest Xem" bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu jamoasining yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va "bolg‘achilar"ning nishonlaridan biri sifatida Maynu ko‘rsatilgan. Shuningdek, "Vest Xem" "Chelsi"dan Andrey Santos va "Jenoa"dan Morten Frendrupga e’tibor qaratmoqda.
Kobbi Meynuning Transfermarkt portalidagi narxi - 45 mln yevro. Yosh inglizning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan.