"Bavariya" Germaniya chempionatining 8-turida mehmonda "Borussiya Myonxengladbax"ni mag‘lub etdi - 3:0. O‘yin "Borussiya-Park" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv 15 daqiqa kechroq boshlandi, chunki myunxenliklar tirbandlik tufayli stadionga kech qolishdi.
19-daqiqadan boshlab "Borussiya" bir kishi kam bo‘lib o‘ynadi. Qizil kartochkani jamoa yarim himoyachisi Yens Kastrop oldi. "Bavariya" safida gollarga Yozua Kimmix, Rafael Gerreyru va Lennart Karl mualliflik qildi.
"Bavariya" 24 ochko bilan Bundesliga turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi.
"Borussiya" Germaniya chempionatining joriy mavsumida hali g‘alaba qozona olmadi va uch ochko bilan so‘nggi, 20-o‘rinni egallab turibdi.
Bundesliga. 8-tur
25 oktyabr, 18:30, shanba
Borussiya M - Bavariya - 0:3
Gollar: Kimmix, 64 (0:1). Rafael Gerreyru, 69 (0:2). Karl, 81 (0:3)
Foydalanilmagan penalti: Shteger, 75’
Borussiya M: Nikolas, Diks, Elvedi, Nes (Ulrix, 76), Kastrop, Engelxardt, Zander, Shteger (Reyna, 84), Rays (Fraulo, 84), Onora (Skalli, 75), Tabakovich (Matino, 63)
Bavariya: Urbig, Upamekano (Rafael Gerreyru, 46), Kim Min Dje, Bishof (Stanishich, 82), Boe (Laymer, 46), Kimmix, Goreska, Keyn, Dias (Karl, 76), Olise, Djekson (Gnabri, 59)
Ogohlantirishlar: Upamekano, 28. Dias, 38. Bishof, 74
Chetlatish: Kastrop, 19