Angliya Kubogining yarim final bosqichi doirasida «Manchester Siti» va «Sautgempton» jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Unda «shaharliklar» irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
79-daqiqada «Sautgempton» yarim himoyachisi Finn Eyzas kutilmaganda nominal mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Biroq Xosep Gvardiola shogirdlari tezkorlik bilan muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi: 83-daqiqada Jeremi Doku hisobni tenglashtirdi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Niko Gonsales «Manchester Siti»ga g‘alaba keltiruvchi golni urdi — 2:1.
Hamyurtimiz Abduqodir Husanov bu o‘yinni zaxiradan kuzatdi.
Shu tariqa, «Manchester Siti» Angliya Kubogining finaliga yo‘l oldi. Jamoaning finaldagi raqibi 26 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan «Chelsi» hamda «Lids» jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi yarim final bahsidan so‘ng ma’lum bo‘ladi.
«MANCHESTER SITI» — «SAUTGEMPTON» — 2:1
Gollar: Eyzas 79 (0:1), Jeremi Doku 83 (1:1), Gonsales 87 (2:1).
«Manchester Siti»: Trafford, Ait Nuri (O`Rayli, 71), Ake, Stouns, Mateus Nunes, Kovachich (Savio, 58), Gonsales, Reynders (Bernardu Silva, 86), Foden (Doku, 58), Sherki, Marmush (Xolann, 71).
«Sautgempton»: Peres, Velington (Masuki, 77), Vud, Xervud-Bellis, Bri (Archer, 89), Fellous, Siyenza, Yander, Bregg (Charlz, 61), Eyzas, Styuart (Larin, 61).
Ogohlantirish: Xervud-Bellis (90).