Bugun 30 may, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Akmal Shorahmedov: “G‘alabamizga ishonaman, yutadigan payt keldi”

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Intervyular
A A A

OCHL-2. Ertangi «Andijon» — «Arkadag» uchrashuvi oldidan “Bobur arena”da o‘yin oldi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda dastlab jamoamizning vaqtinchalik bosh murabbiyi Akmal Shorahmedov va hujumchi Ismoil Akinade qatnashdilar.

Akmal Shorahmedov: — Ertangi o‘yinni anchadan beri kutib kelyapmiz. Biz uchun juda muhim o‘yin. «Arkadag»ni qanaqa jamoaligini bilamiz. Lekin ko‘proq o‘z o‘yinimizni to‘g‘rilab, uni kuchaytirib, birinchi navbatda uyda o‘ynayotganimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Raqibni hurmat qilamiz, ammo gol urish payti ham keldi. Faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Asosiysi, o‘yinni kuchaytirgan holda to‘p suramiz. Ularni qanday harakat qilishi biz uchun ahamiyatsiz.

— «Andijon» 4 ta o‘yinda ham durang o‘ynadi va hisob ochilmadi. Buni asosiy sababi nimada deb o‘ylaysiz?

Ismoil Akinade: — O‘yinlarda biroz himoyaviyroq o‘yin ko‘rsatgandik. Himoyada mustahkam o‘ynashga va gol o‘tkazib yubormaslikka harakat qildik. Gol urish vaqti keldi, hujumni ham o‘ylashimiz kerak. O‘yinimizni kuchaytirib hujumda ham ko‘proq harakat qilishimiz lozim. Ertangi uchrashuv biz uchun muhim. Uch ochkoni qo‘lga kiritsakgina keyingi bosqichga chiqishimiz mumkin bo‘ladi.

— Ertangi o‘yindagi g‘alaba murabbiylik faoliyatingizni keskin o‘zgartirib yuborishi mumkin. Oxirgi turda durang qayd etilsa guruhdan chiqish imkoniyati bo‘ladi. Bir uchrashuv nafaqat futbolchilar, balki murabbiyni ham faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Murabbiy sifatida o‘zingizni ruhan qanday tayyorlayapsiz?

Akmal Shorahmedov: — Futbolchilik paytida ham katta bosim ostida va o‘zimizni tutishga o‘rganganmiz. Menda jamoamizga bo‘lgan ishonch bor. Oldin qanday natijalar bo‘lganidan qat’iy nazar jamoaga ishonaman. Yutishimizga ham ishonaman. Murabbiylik faoliyatim ikkinchi daraja. Asosiysi, jamoamizning g‘alabasi. Futbolchilarni o‘yinga bo‘lgan e’tibori muhim. Qaerdadir bosim bor, his-hayajonni ham yengib o‘tish kerak. Shu narsa bo‘yicha yordam beryapmiz. Bemalol o‘ynasa bo‘ladi, bizdan kuchli emas, o‘z uyimizda o‘ynayapmiz. Tajovuzkor o‘yin namoyish etishimiz kerak. Yutadigan vaqt keldi. Raqib o‘yinlarini ko‘rib chiqdik. Bu o‘yinga yigitlar xuddi O‘zbekiston chempionatida o‘ynagandek harakat qilib, hayajonni «yig‘ishtirib» faqat g‘alaba uchun to‘p surishlarini xohlayman. Qolganini ertangi uchrashuv ko‘rsatadi.

— O‘zingiz ham aytib o‘tganingizdek, yutadigan payt keldi. Buning uchun gol urish kerak. O‘yingacha bo‘lgan mashg‘ulotlar jarayonida gol urish borasida yana qo‘shimcha nimalar qilyapsizlar?

Akmal Shorahmedov: — Hujumchilarga ko‘proq qo‘rqmasdan aldash, himoyani o‘ylamaslikni tushuntiryapman. Hujumga borgan o‘yinchi himoyani o‘ylamasligi kerak. Hozir 3 ta hujumchi bilan o‘ynayapmiz. Xato qilishga ruxsat beryapmiz. Chunki u hujumchi. Aldashi kerak, darvozaga zarba berishi lozim. Maydonda himoyani o‘ylamasligi darkor. Hujumchiga to‘p tushdimi, aldab gol urishga harakat qilishi muhim. Hozirgi hujumchilarga shuni tushuntiryapmiz. Hujumchilarga ko‘proq erkinlik berilyapti.

— «Arkadag» siz uchun qanday raqib?

Akmal Shorahmedov: — Shunaqa bo‘lib qoldiki, «Arkadag»ni barcha o‘yinchilarini taniymiz. Lekin futbolchilarga iloji boricha kamroq ma’lumot beryapman. Raqibni ko‘rish va o‘rganish murabbiylarni ishi. O‘yinchi o‘z o‘yinini o‘ynashi kerak. Agar biz ularga unday yoki bunday o‘ynaydi, deb taxminan aytsak, ertaga qanday o‘ynashini bilmaymiz. Shu bois yigitlarga raqib haqida kamroq ma’lumot beryapmiz. Maydonga chiqqanda futbolchi har qanday vaziyatga tayyor turishi kerak. 5 himoyachi bilan o‘ynaydimi yoki 4 tami, o‘yinda o‘zgartirish qiyinroq. Biz jamoamizni har qanday vaziyatda ham o‘ynay olishga tayyorlayapmiz. O‘z o‘yinimizni kuchaytirsak yaxshiroq bo‘ladi. Raqibga qarab 0:0 o‘ynayvergandan ko‘ra tavakkal qilish payti ham keldi.

— Jamoada murabbiy almashdi. Futbolchilarni ruhiy holati qanday?

Ismoil Akinade: — Eski narsalarni eslamoqchi emasman. Jamoamizda bosh murabbiy o‘zgargandan keyin ko‘p narsalarni o‘zgartirishga harakat qildik. Bizga ko‘p jabhada maslahatlar bermoqda. Eski xatolardan xulosa chiqaryapmiz. Murabbiy ko‘rsatmasini ertaga maydonda bajarishga harakat qilamiz.

— Birinchi davrada «Arkadag» darvozasiga gol urgansiz, ammo ofsayd tufayli hisobga olinmagan. Hozirgacha «Andijon» 4 ta o‘yinda gol urmadi. Siz hujumchisiz va barcha sizdan gol kutmoqda. Bu faktorlar sizga qo‘shimcha bosim o‘tkazmayaptimi?

Ismoil Akinade: — Normal holat. Albatta, gol ura olmayotganim yaxshi emas. Shunchaki, biz hujumga emas, himoyada xato qilmaslikni ko‘proq o‘yladik. Murabbiy bilan gaplashyapmiz. Faqat men emas, boshqalar ham gol ura oladi. Ertangi bahs oldidan bizda hammasi joyida.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 22:55, 25.11.2025. O'qildi: 977 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик