"Bavariya" o‘z maydonida Chempionlar ligasi umumiy bosqich 6-turida "Sporting"ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 54-daqiqasida mehmonlar Yozua Kimmixning avtogoli evaziga hisobni ochdi. Myunxenliklar 65-daqiqada Serj Gnabri tomonidan kiritilgan gol evaziga javob qaytardi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, 17 yoshli Lennart Karl mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 77-daqiqasida Jonatan Ta yakuniy hisobni o‘rnatdi.
"Bavariya" (15 ochko) Chempionlar Ligasi umumiy turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Sporting" (10) esa 9-pog‘onaga tushib ketdi.
Keyingi turda lissabonliklar o‘z maydonida "PSJ"ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. "Bavariya" ertasi kuni o‘z maydonida Belgiyaning "Yunion" klubiga qarshi bahs olib boradi.
YECHL. 6-tur
9 dekabr, 22:45. «Allianz Arena» (Myunxen)
Bavariya - Sporting - 3:1
Gollar: Kimmix, 54 - avtogol (0:1). Gnabri, 65 (1:1). Karl, 69 (2:1). Ta, 77 (3:1)
Bavariya: Noyer, Upamekano, Ta, Stanishich (Deyvis, 88), Laymer, Kimmix, Pavlovich (Ito, 88), Karl (Rafael Gerreyru, 76), Gnabri (Goreska, 88), Olise, Keyn (Djekson, 90+2)
Sporting: Ruy Silva, Diomande, Kuarejma (Vayannidis, 80), Mateus Reys, Fresneda, Yulmann, Simoyes (Morita, 90+2), Arauxo (Blopa, 90+2), Santos (Mangash, 66), Katamu (Ioannidis, 80), Suares
Ogohlantirishlar: Kimmix, 71. Laymer, 90 - Yulmann, 71