Fransiya kubogining 1/16 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va ushbu bosqichdagi barcha juftliklar ma’lum bo‘ldi.
Jumladan, «Pari Sen-Jermen» bu bosqichda derbida «Parij» jamoasini qabul qiladi. «Monako» esa Milliy liga 1 (Fransiyadagi uchinchi darajali divizion) vakili «Orlean»ga qarshi maydonga tushadi.
Fransiya Kubogi 1/16 finalining barcha juftliklari:
«Bayyo» (R1) — «Marsel»
«Lill» — «Lion» yoki «Sen-Sir» (R1)
«Nant» — «Nissa»
«Lyo-Pyui» (N1) — «Reyms» (L2)
«Sosho» (N1) — «Lans»
«O-Lionne» (N3) — «Loryan»
«Montryoy» (R1) — «Amyen» (L2)
«Orlean» (N1) — «Monako»
«Istr» (N2) — «Laval» (L2)
«Avransh» (N2) — «Strasburg»
«Le-Man» (L2) — «Nansi» (L2)
«Mets» — «Monpelye» (L2)
«Shantiyi» (N2) — «Renn»
«Bastiya» (L2) — «Trua» (L2)
«Anje» — «Tuluza»
«Pari Sen-Jermen» — «Parij»
Divizionlar:
R1 — Regional 1-divizion (oltinchi darajali liga);
N1/N2/N3 — Milliy divizionlar 1/2/3 (uchinchidan beshinchigacha bo‘lgan ligalar);
L2 — Liga 2 (ikkinchi divizion).
Liga 1 jamoalari alohida belgi bilan ko‘rsatilmagan.