Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Superliga intensivligini oshirish masalasida IFAB bilan rasmiy kelishuvlar boshlandi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

2 dekabr kuni bayonlashtirilgan Assosiasiya va Liga rahbariyati o‘rtasidagi kelishuv asosida O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov IFAB texnik direktori Devid Ellereyga rasmiy taklif yubordi. Bundan ko‘zlanayotgan maqsad Superliga uchrashuvlari davomida futbol intensivligini oshirish va toza o‘yin vaqti masalasida sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishishdir.

Shu yilning iyul oyida Liga ishchi guruhi MLS bilan uchrashuvlar o‘tkazgan bo‘lib, yuqoridagi masala doirasida Amerika ligasi qanday yo‘lni bosib o‘tgani va aynan nimalarga urg‘u berayotganligini o‘rgangandi. Ayni vaqtda IFAB ham mazkur tajribaning qanday qo‘llanilayotgani va uning foydasi masalasida tahlillar olib bormoqda. Bu haqda Devid Ellerey shu yilning noyabr oyida Afinada bo‘lib o‘tgan Jahon ligalari assosiasiyasining yillik yig‘ilishida 45 mamlakat Ligalari rahbarlariga ma’lumot taqdim etgan, shundan so‘ng Liga bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev Superliga yangiliklarni qabul qilishga ochiq ekanligi masalasida Ellerey bilan alohida suhbat o‘tkazgandi.

Mazkur masalani amalga tatbiq etishda birinchi navbatda klublar roziligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni inobatga olgan holda Liga 20 oktyabr kuni professional futbol klublari rahbarlari bilan uchrashuvda mazkur masalani kun tartibiga kiritgan bo‘lib, unga ko‘ra Superliganing barcha klublari toza va murosasiz futbol uchun xizmat qiladigan yurishni qo‘llab-quvvatlagandi. Liga klublar roziligini olgach, Assosiasiya va Liga o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda esa O‘FA taklifni har tomonlama o‘rganib chiqqan holda ma’qulladi.

O‘zbekiston tomonining taklifi asosida IFAB futbol qoidalariga kiritilishi rejalashtirilayotgan yangi o‘zgarishlarni Superliga miqyosida ham sinovdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yangiliklarni amalga oshirish, qoidalarning qanday mexanizmlar asosida ishlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqib, Devid Ellerey Toshkentga taklif etildi va u katta ehtimol yanvar oyida o‘z tashrifini amalga oshirishi mumkin.

Futbol intensivligi va toza o‘yin vaqtini yaxshilash yo‘lidagi mazkur qadam Liga uchun muhim hisoblanadi. Qo‘shimchasiga Liga futbolchilar harakatlarini har taraflama chuqur tahlil qiladigan jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri bilan hamkorlikda ishlashni davom ettirayotgan bo‘lib, tez orada mazkur masalada ham yakuniy kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan. Bu boradagi barcha o‘zgarishlar haqida keyinchalik batafsil ma’lumot beriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:38, 26.12.2025. O'qildi: 983 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик