Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi (IFFHS) O‘zbekiston futbol terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadzeni 2025 yilning dunyodagi eng yaxshi murabbiylaridan biri deb e’tirof etdi.
Yil yakunlariga ko‘ra, IFFHS milliy terma jamoalarning eng yaxshi murabbiylari reytingini e’lon qildi. Unda Timur Kapadze 10 ochko jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinni egalladi va eng yaxshi o‘nlikka kirdi.
Reytingda birinchi o‘rinni Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente qo‘lga kiritdi. Ikkinchi va uchinchi pog‘onalardan mos ravishda Portugaliya terma jamoasi murabbiyi Roberto Martines hamda Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni joy oldi. Shuningdek, top-10 talikdan Norvegiya, Angliya, Fransiya, Marokash va Meksika terma jamoalari murabbiylari ham o‘rin olgan.
2025 yil yanvaridan noyabr oyigacha u O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishladi. U milliy jamoaning sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanesning ishini davom ettirgan holda O‘zbekistonni jahon chempionatiga olib chiqdi.
Ayni paytda Timur Kapadze Namanganning «Navbaxor» futbol klubi bosh murabbiyi hisoblanadi.
| O‘rin | Ism | Fuqaroligi | Milliy jamoa | Ochkolar |
| 1 |
Luis de la Fuente |
Ispaniya |
Ispaniya |
136 |
| 2 |
Roberto Martines |
Ispaniya |
Portugaliya |
83 |
| 3 |
Lionel Skaloni |
Argentina |
Argentina |
59 |
| 4 |
Stole Solbakken |
Norvegiya |
Norvegiya |
48 |
| 5 |
Tomas Tuxel |
Germaniya |
Angliya |
41 |
| 6 |
Didye Desham |
Fransiya |
Fransiya |
30 |
| 7 |
Volid Regragi |
Marokash |
Marokash |
25 |
| 8 |
Timur Kapadze |
O‘zbekiston |
O‘zbekiston |
10 |
| 9 |
Nestor Lorenso |
Argentina |
Kolumbiya |
10 |
| 10 |
Xavyer Agirre |
Meksika |
Meksika |
8 |