Xabar berganimizdek, «Navbahor» bugun Turkiyadagi uchinchi xalqaro o‘rtoqlik bahsini Shimoliy Makedoniyaning «Pelister» FK (Bitola) jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Mazkur o‘yinda «lochinlar» bosh murabbiyi Timur Kapadze maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi.
1-bo‘limda: Valijon Rahimov, Saidazamat Mirsaidov, Shohruh Abdurahmonov, Ruslanbek Jiyanov, Diyor Xolmatov, Zabihillo O‘rinboyev, Shohmalik Komilov, Benjamin Teydi, Vanya Ilich, Umar Adhamzoda, Anri Chichinadze.
2-bo‘limda: Shukron Yo‘ldoshev, Zafarjon Rahimjonov, Islombek Mamatkazin, Muhammadali G‘iyosov, Muslimbek Habibullayev, Bekzod G‘ofurjonov, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Isoxon Musoxonov, Habibullo Japaraliyev, Muhammadali Usmonov va ko‘rikdagi futbolchi.
Ushbu uchrashuvda «Navbahor» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘z o‘rnida ta’kidlash joizki, mazkur hisob tanaffusgacha qayd etilgandi. Ikkinchi bo‘limda esa ushbu hisob o‘zgarishsiz qoldi.
Namanganliklarning gollariga Ruslanbek Jiyanov hamda Saidazamat Mirsaidovlar mualliflik qilishdi.
Jamoa a’zolari Turkiyadagi birinchi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini 30 yanvar kuni yakunlab, yurtimizga qaytishadi.
«Navbahor» PFK matbuot xizmati.