Italiya A Seriyasining 25-turi doirasida «Lechche» klubi safarda «Kalyari» mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda mehmonlar ikkinchi bo‘limda kiritilgan gollar evaziga ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasida isroillik yarim himoyachi Omri Gandelman «Lechche»ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 76-daqiqada albaniyalik xavbek Yulber Ramadani yakuniy hisobni o‘rnatdi — 0:2.
Ushbu g‘alabadan so‘ng «Lechche» o‘z ochkolarini 24 taga yetkazib, turnir jadvalida 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu jamoaning ketma-ket qo‘lga kiritgan ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi. Ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilgan «Kalyari» esa 28 ochko bilan 13-o‘rinda qoldi.
Italiya A Seriyasi, 25-tur
«Kalyari» — «Lechche» — 0:2
Gollar: Gandelman, 65 (0:1). Ramadani, 76 (0:2).
«Kalyari»: Kaprile, Mina, Ze Pedru, Obert (Trepi, 79), Dzappa (Massitelli, 57), Adopo, Sulemana, Idrissi, Palestra, Pavoletti (Semix Kilichsoy, 57), Espozito.
«Lechche»: Falkone, Gaspar, Tiagu Gabriel, Gallo, Veyga, Ramadani, Gandelman (Zibert, 86), Kulibali (Fofana, 90), Sottil (Ndaba, 80), Pyerotti (Ngom, 86), Cheddira (Shtulich, 80).