Xabi Alonso yanvar oyida "Real"dan bo‘shatilgach, klubsiz qolgan edi. "The Touchline" nashri jurnalist Fabris Xokinsga tayanib xabar berishicha, yaqinda "Marsel" Alonso bilan aloqaga chiqqan. Provansalliklar ispaniyalik mutaxassisga bosh murabbiylik lavozimini taklif qilishgan. Biroq, Xabi bu taklifni rad etdi – unga klub ichidagi beqarorlik yoqmagan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda "PSJ"dan qabul qilingan 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng "Marsel" Roberto de Dzerbi bilan xayrlashgan edi.
Ayni damda "Marsel" Fransiya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Provansalliklar navbatdagi o‘yinini 20 fevral kuni Liga 1 doirasida safarda "Brest"ga qarshi o‘tkazishadi.