Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

“Olimpik” klubi futbolchilari 6 oylik maoshlari berilmayotganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

2024-yilgi Parij Olimpiadasi uchun tayyorgarlik bazasi sifatida tashkil etilgan “Olimpik” futbol klubi murabbiylari va futbolchilari 6 oydan buyon maosh olmayotganliklari yuzasidan O‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Professional futbol ligasiga masalani hal qilishga ko‘maklashish bo‘yicha videomurojaat yo‘lladi.

“Olimpik” klubining sobiq a’zolari ma’lum qilishicha, murabbiylar shtabi va futbolchilarga 2025-yilning may oyidan buyon maosh to‘lanmagan. Yarim yillik qarzdorlik masalasida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi (O‘FA) va O‘zPFLga rasmiy yordam so‘rab murojaat qilingan.

“Men darvozabonlar murabbiyi sifatida 'Olimpik' jamoasida ishladim va o‘tgan yilning may oyidan boshlab 5 yarim oy maosh olmadim. O‘FAga murojaatim: iltimos, oyliklarimizni hal qilib beringlar. Bizning ham bolalarimiz bor”, deydi klubning darvozabonlar murabbiyi Ma’mur Ikromov.

Shuningdek, bir qator futbolchilar ham ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.

“O‘tgan mavsumni 'Olimpik' safida o‘tkazdim. Bizga 2025-yil may oyidan buyon maoshlarimiz berilmadi. O‘zbekiston futbol assosiasiyasi, Ravshan Ermatov, Diyor Imomxo‘jayev, shu masalani hal qilib berishingizni so‘raymiz”, deydi futbolchi Doniyor Erkinov.

Hozirda mazkur holat O‘FA tomonidan o‘rganilmoqda. Assosiasiya mutaxassislar va futbolchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlashga va’da berib, yaqin kunlarda jarayon natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini bildirdi.


Mazkur loyiha Parij Olimpiadasidan so‘ng o‘zining birlamchi missiyasini yakunlagach, kutilmagan qiyinchiliklarga duch keldi. 2024-yilgi Superliga mavsumini 12-o‘rinda yakunlagan jamoa, ligada qolish uchun kechgan pley-off bahsida dastlab “Sho‘rtan”, keyingi bahsda esa “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi.

Biroq “Metallurg” klubi professional maqomini yo‘qotgach, Professional futbol ligasi (O‘zPFL) 2025-yilning 5-yanvariga qadar “Olimpik” klubiga Superligada qolish imkoniyati va lisenziyalash talablari bo‘yicha rasmiy muddat taqdim etdi. Klub 2025-yilgi mavsumni Proligada o‘tkazishga qaror qildi.

Jamoaning yetakchi futbolchilari boshqa klublarga transfer qilingach, tarkib yoshlar bilan to‘ldirildi. Ammo quyi ligadagi ishtirok muvaffaqiyatsiz kechdi — jamoa mavsumni so‘nggi o‘rinda yakunladi.

Hatto klub 2025-yil noyabr oyida Ligaga rasmiy xat yo‘llab, moliyaviy qiyinchiliklar sababli Proliganing so‘nggi 20-turidan o‘rin olgan “FarDU” jamoasiga qarshi bahs uchun Farg‘ona shahriga bora olmasligini ma’lum qilgan edi.

Shundan kelib chiqib, Superliga va Proliga reglamentining 9.11-bandiga asosan, “Olimpik” jamoasiga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, “FarDU” jamoasiga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozilgan edi.

2024-yildayoq Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiadasi uchun yangi sikl doirasida “Olimpik Mobiuz” loyihasi ishga tushirilgan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:57, 25.02.2026. O'qildi: 715 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик