«Atalanta» o‘z maydonida Chempionlar ligasi o‘tish (pley-off) bosqichining javob uchrashuvida Dortmundning «Borussiya» jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq bergamoliklar hujumchisi Janluka Skamakka hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida mezbonlarning ustunligini Davide Dzappakosta ikki barobarga oshirdi. 57-daqiqada esa Mario Pashalich hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Mehmonlar asosiy vaqt tugashiga 15 daqiqa qolganda bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘lishdi, gol muallifi — Karim Adeyemi.
Biroq, uchrashuvning 90+8-daqiqasida «Atalanta» yarim himoyachisi Lazar Samarjich penaltidan hal qiluvchi golni urib, bahsga yakuniy nuqtani qo‘ydi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (4:3), Italiya klubi keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yevropa Chempionlar ligasi. Nimchorak final. Javob o‘yini
25.02.2026 | 22:45
«Atleti Adzurri d’Italiya», Bergamo
«ATALANTA» (Italiya) — «BORUSSIYA D» (Germaniya) — 4:1
(Birinchi o‘yin — 0:2)
Gollar: Skamakka 5 (1:0), Dzappakosta 45 (2:0), Pashalich 57 (3:0), Adeyemi 75 (3:1), Samardjich 90 - penaltidan (4:1).
«Atalanta»: Karnesekki, Kolashinas (Axanor, 72), Xin, Skalvini (Djimsiti, 77), Bernaskoni, Pashalich, de Ron, Dzappakosta, Zalevski (Sulemana, 85), Samardjich, Skamakka (Krstovich, 72).
«Borussiya D»: Kobel, Bensebaini, Anton, Emre Djan, Svensson, Nmecha, Bellingem (Adeyemi, 70), Ryuerson (Koutu, 70), Brandt (Chukvuemeka, 60), Bayer (Silva, 60), Girassi.
Ogohlantirishlar: Xin (69) — Bensebaini (13), Emre Djan (53), Silva (69).
Chetlatish: Bensebaini (90, ikkinchi sariq).