Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan: “Har bir futbolchi va murabbiy bunday muhitda o‘ynashni orzu qilishadi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Andijon” va “So‘g‘diyona” (4:0) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan Superliga 1-tur doirasidagi uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan qatnashdi.

Assalomu alaykum. Birinchidan, hamma andijonlik muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. To‘g‘risini aytsam, biz uchun qiyin bo‘ldi. Baribir bu debyut o‘yin. Tarkib 99 foizga yangilangandi va shu bois biroz boshida qiyinroq kechdi. Keyin hammasi joyiga tushdi.

“So‘g‘diyona” haqida nima deyishim mumkin? Birinchi taymda taktik o‘yin bo‘ldi. Oxirgi yillarda murabbiyning mahorati tufayli jamoa ancha sifatli o‘yin ko‘rsatyapti. Yetarlicha tajribaga ega klub. Biz raqibni yaxshilab o‘rgandik. O‘rtoqlik uchrashuvlarini ko‘rib chiqdik. Raqib biz kutgan o‘yinni ko‘rsatdi. Barcha imkoniyatimizni ushbu uchrashuvda ochishga harakat qildik va 60 foizga o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik. Ochiq aytadigan bo‘lsam, jamoamizning potensialini yaxshi bilaman. Boshlang‘ich tarkibimiz 99 foizga o‘zgardi. Shunday ekan, o‘yindan-o‘yinga jamoamiz yanada shakllanib boradi. O‘yinni 70 foizida nazorat qildik. O‘ylaymanki, jamoamiz himoyada ham, hujumda ham ko‘ngildagidek harakat qildi.

Shuningdek, bugungi ajoyib atmosferani ham alohida ta’kidlab o‘tgan bo‘lardim. Har bir futbolchi va murabbiy bunday muhitda o‘ynashni orzu qilishadi. Muxlislarni ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashi, butun tribunani qarsaklar chalishi, sifatli maydonni bo‘lishi, o‘ylaymanki, g‘alabaga zamin yaratdi. Alohida ta’kidlash kerakki, stadion xodimlari maydonni o‘yinga ideal holatda tayyorlashgan. Birinchi qadam juda muhim edi va uni bajardik. Bizda uy yoki safar degan tushuncha yo‘q. Har bir bahsda maksimal darajada harakat qilib, g‘alaba qozonishni reja qilamiz.

Meni “Andijon”ga kelishimga to‘xtaladigan bo‘lsak, yangi tarix boshlandi, deb o‘ylayman va g‘alabalar an’anasini yaratishimiz muhim. Bunday ishqibozlar bunday g‘alabalarga loyiq va ular O‘zbekistonning eng yaxshi muxlislaridir. Men, murabbiylar shtabi va futbolchilar har bir uchrashuvda ishqibozlarga bayram bo‘lishini va yuqori darajada mehnat qilib, uyda yo safarda bo‘lsin, g‘alaba qozonish uchun barcha kuch-qudratimizni ishga solamiz.

Kiritilgan 4 ta goldan uchtasi legionerlar hisobiga yozildi. Ularning o‘yinidan qoniqdingizmi?

Boshqa mamlakatdan legioner kelar ekan, birinchi navbatda u o‘zining sifatli futbolchiligi va lider bo‘lishi bilan ajralib turishi kerak deb hisoblayman. O‘ylaymanki, bu yerga kelgan barchasi obdon o‘ylab keyin taklif qilingan legionerlardir. Ularni taklif qilayotganda nafaqat futbolchilik mahorati, balki insoniylik fazilatlariga ham e’tibor qaratganmiz. Ha, bu o‘yinda legionerlar asosiy ishlarni bajarishdi. Shuningdek, yosh o‘yinchilar ham maydonga tushishdi va yaxshi tomonlarini ko‘rsatishdi. Men legioner yoki mahalliy o‘yinchi deb ajratmagan bo‘lardim. Biz bir oilamiz. Har bir o‘yinda kim bo‘lishidan qat’iy nazar maydonda yaxshi harakat qilib, g‘alabaga zamin yaratsa bas.

Aziz Turg‘unboyev nima uchun qaydnomaga kiritilmadi?

Buning sababi unda jarohat bor edi. Uni bitishi uchun biroz vaqt kerak edi. Keyingi uchrashuvga tayyorgarlikning asosiy bosqichida ishtirok etadi.
Shu o‘rinda viloyat rahbariyatiga qo‘llab-quvvatlayotgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bundan tashqari, muxlislarga ham alohida rahmat. Yana bir bor hammani g‘alaba bilan tabriklayman. Sog‘ bo‘linglar!

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 13:15, 28.02.2026. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик