Bugun 16 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Glasner: "Old Trafford"dagi g‘alabamiz haqida ajoyib xotiralarimiz bor"

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Kristal Pelas" bosh murabbiyi Oliver Glasner Angliya chempionati 28-turidan o‘rin olgan "MYU"ga qarshi o‘yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi. Uchrashuv 1 mart kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.

Bir necha kun oldin "burgutlar" Bosniyaning "Zrinski" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Konferensiyalar ligasining keyingi bosqichiga yo‘l olgan edi. Bu g‘alaba jamoa uchun o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmasdan qo‘lga kiritilgan ketma-ket ikkinchi muvaffaqiyat bo‘ldi.

"Biz "Old Trafford"dagi o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. U yerda qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabamiz haqida ajoyib xotiralarimiz bor. Lakrua 3 kun ichida ikki marta o‘ynash uchun yetarlicha sport formasida bo‘ladimi? Yaxshi savol. Bilmayman, lekin umid qilamanki, o‘tgan o‘yinda kiritilgan gol unga biroz yordam beradi", — deya Glasnerning so‘zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Glasner, shuningdek, bu galgi bahs jamoalar o‘rtasidagi avvalgi to‘qnashuvdan farq qilishini ta’kidladi. Murabbiy Maykl Kerrik qo‘l ostida 6 ta o‘yindan 5 tasida g‘alaba qozongan raqibning sport formasini yuqori baholadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jamoada "yaxshi balans" va "ajoyib jamoaviy ruh" shakllangan.

"Kristal Pelas" 35 ochko bilan o‘n uchinchi o‘rinda bormoqda. "Manchester Yunayted" esa 48 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onani egallab turibdi.

Kiritildi: 18:44, 01.03.2026. O'qildi: 989 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик