Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Timur Kapadze: “Hali hammasini joyiga tushirib olamiz”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Buxoro” (0:1) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida namanganliklar bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Odatdagidek, “lochinlar” ustozi o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Avvalambor, “Buxoro”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Uchrashuv qiyin kechdi. Tushunarliki, “Buxoro” yaxshi himoyalanadi va o‘yinni buzishga harakat qiladi. Bunday paytda birgina vaziyat hamda gol barchasini o‘zgartirib yuborishi mumkin edi. O‘zimiz vaqtida gol ura olmadik. Harakat qildik, ko‘p ham imkoniyatga ega bo‘lmadik. Bunga raqiblar ham imkoniyat berishmadi. Xatolarni ham ko‘rib oldik. O‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborganimiz yaxshi bo‘lmadi. Yigitlar o‘yinni qutqarib qolishlari kerak edi. Raqiblarning himoyasini yorib o‘tishga qiynaldik. Bu mavsumning boshi. Xatolardan xulosa chiqaramiz. Vahimali joyi yo‘q. Keyingi bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu murabbiylarga nimalar ustida ishlanishi kerakligini ko‘rsatadi. “Buxoro”ni yaxshi o‘rgangandik. Ular ko‘proq himoyada o‘ynashini bilardik va nimalar qilishimiz kerakligi borasida tayyorlandik. Bu qayerdadir o‘xshadi, qayerdadir yo‘q. Shu boisdan, bu bir tomondan foydali o‘yin bo‘ldi, kamchiliklar, xatolarni ko‘rib oldik. Hali hammasini joyiga tushirib olamiz.

— Odatda o‘zgarishlar o‘yinni kuchaytirish uchun bo‘ladi. Hujumdagi futbolchilarni olish hisobiga jamoaning imkoniyatlari pasayib ketmadimi? Ikkinchi savolim: qishda jamoada o‘zgarishlar bo‘ldi. Tarkibga hujumga kelgan futbolchilarning yo‘qligi orqali vaziyatlardan foydalana olmaslik Sizni qiynab qo‘ymayaptimi?
— Yo‘q, vaziyatlardan foydalana olmaslik meni tashvishga solmayapti. Legionerlar so‘nggi kunlarda jamoaga kelib qo‘shilishdi. Tarkibdagi boshqa futbolchilarning ham darajasi yuqori. Tarkibga moslari bilan o‘yinda harakat qilamiz. O‘z futbolchilarimga ishonaman. Istalgan jamoa bunday himoyaga qarshi qiynaladi. Ular ham bizga imkoniyat bermaslikka harakat qilishdi. Biz ozgina to‘g‘riroq o‘ynashimiz kerak edi. Qaysidir holatlarda raqiblardan yaxshiroq o‘ynadik. Menimcha, ko‘proq ular kabi o‘ynashimiz kerak edi. Ko‘ramiz, bu muammo emas, deb o‘ylayman. Oldinda uchrashuvlar ko‘p. O‘yindan o‘yinga kuchayib boraveramiz. Albatta, mag‘lubiyat hech qachon yoqimli bo‘lmagan. Bu o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bu mag‘lubiyat bizni yanada kuchliroq qiladi.

— O‘yin oldidan chiqarilgan ma’lumotda Aleksandr Xomyakov Siz uchun noqulay raqib ekanligi ko‘rsatildi. Buning sababi nimada?
— Ushbu murabbiyning jamoalari himoyada zich o‘ynashadi. Ko‘p o‘yinni buzishga harakat qiladi. Ba’zida o‘zi ham futbol o‘ynamaydi va raqibga ham buning imkoniyatini bermaydi. Raqib tarkibidagi barcha futbolchilarni bilamiz. “Olimpik”daligimda ularga qarshi ko‘p o‘ynaganmiz. Bugun o‘sha futbolchilarim tajribaliroq. Shunda ham bizda ishlanmalar to‘liq emasligini ko‘rdik. Raqibimizda ham yaqqol vaziyatlar ko‘p bo‘lmadi. Bittagina standart o‘yinni o‘zgartirib yubordi. Ha, zo‘r o‘ynadik, deya olmayman. Lekin o‘yinni qutqarib qolish uchun imkoniyatlarimiz bo‘ldi. Bugun bizning kun emas ekan. Ularning bir vaziyati golga aylangan bo‘lsa, bizda bunday bo‘lmadi.

— Siz murabbiy sifatida bungacha terma jamoa o‘zagi bo‘lgan “Olimpik”da va keyinchalik O‘zbekiston terma jamoasida ishladingiz. Yosh va vazifa nuqtai nazaridan “Navbahor” Siz uchun birinchi jiddiy jamoa. Dastlabki ikki turda jamoangiz kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmagani Sizni tashvishga solmayaptimi?
— Murabbiy sifatida barcha holatlarni to‘g‘ri qabul qilaman. Nimalar o‘xshayotganini, nimalar o‘xshamayotganini bilaman. Buning uchun nimalar qilish kerakligini ham tushunib turibman — qaysi holatda futbolchilar qayerda turishi kerakligini, qaysi holatda gollar urilishini... Barchasini o‘yindan o‘yinga o‘zgartirib boramiz. Bizda jamoa yangi, barchasini o‘zgartirish uchun vaqt ko‘p emas. Yig‘inlar davomida ham barchani 100 foizga ko‘rib olishning imkoni bo‘lmadi. Chunki birinchi yig‘inda terma futbolchilari milliy jamoada bo‘lishdi. Keyinchalik legionerlar kechroq qo‘shilishdi. Shu sababli chiziqlar orasidagi o‘zaro tushunishni shakllantirish uchun vaqt kerak. Tushunarli, bu rasmiy o‘yinlar. Asta-sekinlik bilan yaxshilanib borishimizga ishonaman.

— Bugun maydonda “buzuvchi” va “quruvchi” jamoalar to‘qnash keldi. Keyingi safar shunday holat bo‘lib qolsa, himoyani yorib o‘tish nima qilish kerak bo‘ladi?
— Mazkur o‘yin biz uchun ko‘p narsalarga oydinlik kiritadi. Biz himoyani yorib o‘tish uchun boshqa taktika, yo‘llarni qo‘llasak ham bo‘lardi. Ushbu bellashuvni taxlil qilamiz, yigitlarga ko‘rsatamiz. Keyingi o‘yinda tartibli o‘ynashga harakat qilamiz. Aks holda, uchrashuv oxirida nimalar bo‘lishini bilib turibmiz. Raqib jamoa ochiqroq o‘ynasa, osonroq bo‘lishi mumkin. Agarda jamoani to‘g‘ri yo‘naltirsa, yopiq o‘ynaydigan raqibni ham yutish mumkin.

— Husayn Norchayev qachon safga qaytadi?
— Norchayev hozir Italiyada davolanish jarayonida. Barchasi tugagandan keyin u safimizga yetib keladi hamda jamoaga qo‘shiladi.

— “Buxoro” dastlabki ikki o‘yinda g‘alaba qozondi. Hozir dunyo futbolida burchak zarbalariga e’tibor katta. “Navbahor” bunday  zarbalarga tayyorgarlik ko‘ryaptimi?
— Birinchi o‘yindayoq standartlarni ko‘rib oldik va yigitlarga tushuntirdik. Shunda ham blokdagi futbolchilarimiz xatoga yo‘l qo‘yishdi. Raqib osonlikcha sakrab, gol urib ketyapti. Hech kim to‘sqinlik qilmadi. Bu individual xato. Buni ham ko‘rib chiqamiz. Umuman olganda standartlarga ham tayyorlangandik.

— “Arsenal” misolida olib qarasak, burchak zarbalariga e’tibor oshib ketdi, desak bo‘ladimi?
— Istalgan standartga tayyorlangandik. To‘p ham raqibning sakraydigan joyiga bordi. To‘p ozgina teparoqdan yoki boshqa tomondan ham o‘tishi mumkin bo‘lgandi. Lekin biz raqibga imkoniyat berdik. Shu boisdan, har bir o‘yinda standart vaziyatlar katta rol o‘ynaydi.

— Murabbiy sifatida termada ishlashni afzal ko‘rasizmi yoki jamoada?
— Men ikkalasida ham ishladim. Bu yerda tayyorgarlik boshqacha bo‘ladi. Termada ma’lum vaqtda jamoani yig‘ib, faqatgina vazifani bajarish kerak bo‘ladi. Jamoada esa doimo bir xil rejimda ishlash kerak. Men uchun ikkalasi ham qiziqarli. Ikkalasida ham ishlash qiyin. Lekin natijalarga erishish kerak.

— Jamoangiz uzoq masofadan zarbalar bermadi. Bu Sizning ko‘rsatmangizmidi?
— Imkoniyat bo‘lganida uzoqdan tepishni ham bilish kerak. Lekin buning uchun jamoani to‘g‘ri tayyorlash kerak. Menga qolsa, to‘pni jarima maydonchasi ichiga tashlash kerak. Biz ko‘p bunday qila olmadik. To‘pni ko‘p ushlab qoldik. “Buxoro” jamoasi ham yaxshi himoyalandi, imkoniyat bermadi. Biroz sabrli bo‘lib, to‘pni ko‘proq jarima maydonchasi ichiga tashlab, kurashishimiz kerak edi, shunda imkoniyatlar ko‘proq bo‘lardi. Oxirida buni qo‘llashni boshladik va bir qancha imkoniyatlar bo‘ldi. Barchasini ko‘rib chiqamiz, taxlil qilamiz va xulosa chiqaramiz.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: @fcnavbahor
Kiritildi: 06:52, 06.03.2026. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик