«Galatasaroy» Chempionlar ligasi 1/8 finalining ilk uchrashuvida o‘z maydonida «Liverpul»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Maydon egalari safida 7-daqiqada Mario Lemina gol muallifiga aylandi. Uchrashuvning 73-daqiqasida mehmonlar hisobni tenglashtirishgan edi, biroq Ibraima Konate qo‘l bilan o‘ynagani sababli gol inobatga olinmadi.
«Galatasaroy» 2025/26 yilgi Chempionlar ligasi mavsumida «Liverpul»ni ikkinchi bor mag‘lub etdi. Sentyabr oyida turnirning umumiy bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan bahsda ham istanbulliklar o‘z uyida 1:0 hisobida zafar quchishgandi.
1/8 finalning javob o‘yini 18 mart kuni Liverpulda bo‘lib o‘tadi.
UYEFA Chempionlar ligasi. 1/8 final
10.03.2026 | 22:45
«RAMS Park», Istanbul
«GALATASAROY» (Turkiya) — «LIVERPUL» (Angliya) — 1:0
Gol: Lemina 7 (1:0).
«Galatasaroy»: Ugurjon Chaqir, Yakobs, Abdulkarim Bardakchi, Sanches, Singo, Lemina (Shallai, 77), Torreyra (Gyundogan, 90), Lang (Yunus Akgyun, 77), Sara (Boe, 87), Barish Yilmaz (Eren Elmali, 90), Osimxen.
«Liverpul»: Mamardashvili, Kerkez (Robertson, 60), van Deyk, Konate, Gomes, Makallister, Gravenberx, Virs (Gakpo, 73), Soboslai, Saloh (Frimpong, 60), Ekitike.
Ogohlantirishlar: Sanches (90) — Kerkez (33), van Deyk (55), Gravenberx (88), Soboslai (90).