Bugun 11 mart, 2026 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 10.03.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Sassuolo
  • La-liga
      • 10.03.2026 01:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Ovyedo
  • Superliga
      • 10.03.2026 19:00
      • Neftchi
      • 3:0
      • Andijon
      • 10.03.2026 19:45
      • Mash’al
      • 0:2
      • Qizilqum
      • 10.03.2026 20:30
      • Paxtakor
      • 0:2
      • Navbahor
      • 11.03.2026 16:30
      • Surxon
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 11.03.2026 19:30
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Qo‘qon-1912
      • 11.03.2026 19:45
      • Buxoro
      • -:-
      • Xorazm
      • 12.03.2026 19:30
      • OKMK
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 12.03.2026 19:45
      • Dinamo
      • -:-
      • Nasaf
  • ECHL
      • 10.03.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • 1:0
      • Liverpul
      • 11.03.2026 01:00
      • Atalanta
      • 1:6
      • Bavariya
      • 11.03.2026 01:00
      • Atletiko
      • 5:2
      • Tottenhem
      • 11.03.2026 01:00
      • Nyukasl
      • 1:1
      • Barselona
      • 11.03.2026 22:45
      • Bayer
      • -:-
      • Arsenal
      • 12.03.2026 01:00
      • Bude-Glimt
      • -:-
      • Sporting
      • 12.03.2026 01:00
      • PSJ
      • -:-
      • Chelsi
      • 12.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • -:-
      • Manchester Siti
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 3 9
2 Lokomotiv 2 6
3 Nasaf 2 6
4 Navbahor 3 6
5 Buxoro 2 6
6 Paxtakor 3 6
7 Qizilqum 3 6
8 Andijon 3 3
9 Dinamo 2 3
10 Bunyodkor 2 3
11 Xorazm 2 3
12 Qo‘qon-1912 2 0
13 OKMK 2 0
14 Surxon 2 0
15 So‘g‘diyona 2 0
16 Mash’al 3 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Neftchi 3-0 Andijon
3-тур Mash’al 0-2 Qizilqum
3-тур Paxtakor 0-2 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

11/03/26 Surxon - Bunyodkor
11/03/26 Lokomotiv - Qo‘qon-1912
11/03/26 Buxoro - Xorazm
12/03/26 OKMK - So‘g‘diyona
12/03/26 Dinamo - Nasaf

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan: «Oston O‘runov «Andijon» safida to‘p surib jahon chempionatiga yaxshi tayyorlanmoqchi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

“Neftchi” — “Andijon” (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

— Assalomu alaykum! Birinchi navbatda mag‘lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman. Bu o‘yinni albatta tahlil qilib chiqamiz. Golgacha bo‘lgan vaziyatda jamoamiz tartibli o‘yin ko‘rsatayotgandi. Yaxshi vaziyatlar yaratayotgandik. Boakede gol urish uchun yaxshi imkoniyat bo‘lgandi. Nima bo‘lganini tushunmay qoldim. Raqib jamoada chempionlik ruhi borligi ham sezilib turibdi. Viloyat hokimi Xayrulla Hayitbayevichni yaxshi jamoa tuzgani bilan tabriklash mumkin. Tajribali va yoshlardan iborat kelajak uchun yaxshi shakllangan jamoa qurilyapti. Mag‘lubiyatimiz sababi nimada deyish mumkin? Albatta, buni o‘rganib chiqamiz. Tan olish kerakki, o‘yinning barcha komponentlari bo‘yicha mag‘lubiyatga uchradik. “Neftchi” ancha yaxshi harakat qildi va tartibli o‘yin ko‘rsatdi. “Neftchi”ga raqobatbardosh, kuchli jamoani shakllantirish uchun besh yil vaqt ketdi. Bu mag‘lubiyat men uchun ikki karra og‘ir. Negaki, bugungi “Neftchi” tarixini yozayotgan futbolchilarni o‘z vaqtida o‘zim “ona sutini berib” katta qilganman, ular mening shogirdlarim. Ular jamoa o‘yinini hal qilishyapti, bu fakt. Bizni o‘yinimizga kelsak, kuchli va raqobatbardosh jamoani shakllantirish oldimizga maqsad qilib qo‘yilgan. Ishlashda va xatolarni bartaraf etishda davom etamiz. Bunday vaziyatdan chiqib ketishni yaxshi bilamiz. Bunga albatta vaqt kerak. Ha, bu borada mening oldimda 5 yil vaqt yo‘q, qisqa vaqt bor. O‘ylaymanki, yaxshi natija qilishga harakat qilamiz. Yana bir bor “Neftchi”ni bugungi g‘alaba bilan tabriklayman.

— “Andijon” birinchi turda yaxshi o‘ynadi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ammo keyingi ikkita turda mag‘lubiyatga uchradi. Keyingi turlarda oldinga harakatlanish bo‘ladimi?

— “So‘g‘diyona” bilan yaxshi o‘yin bo‘lgandi. Birinchi turdagi o‘yinda futbol bayrami bo‘lgandi. To‘g‘risini aytadigan bo‘lsam, biz “Qizilqum” bilan uchrashuvda mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Ikkita zarba va ikkita gol. Bu jarayonlarni tahlil qilamiz. Andijon viloyati hokimi va ashaddiy muxlislar yaxshi jamoani ko‘rishga loyiq.

— Taqvim haqida nima deya olasiz? Birinchi o‘yindan keyin ketma-ket ikkita safarda o‘ynadingizlar...

— Tahlil qilamiz. Qisqacha vaqtimiz bor. Gap faqat safar o‘yinlarida emas, balki o‘yinimiz sifatida. Natija keltiradigan o‘yinni, falsafamizga mos tushadigan o‘yin ko‘rsata olmayapmiz. O‘yinning teng yarmini ham nazorat qila olmay qoldik. Golgacha ba’zi vaziyatlarda nazorat qilib bordik. Lekin goldan keyin hammasi o‘zgarib ketdi. Shu sababli safar uchrashuvlarini emas, o‘yin sifatimiz haqida o‘ylashimiz kerak. Bizda yaxshi futbolchilar bor. Afsuski, hozircha o‘ylaganlarimiz amalga oshmayapti.

— Dragan Cheran bilan Imeda Ashortiani erta almashtirilishi nima bilan bog‘liq?

— Nimanidir o‘zgartirish kerak edi. Tezlikni, agressivlikni o‘zgartirish lozim edi. O‘yinimiz yaxshi chiqmayotganligi sababli nimanidir o‘zgartirish uchun almashtirishga majbur bo‘ldik. Aziz Turgunboyev jarohatidan endi qutuldi. Xumoyunmirzo Iminov yig‘inda yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Ularga imkoniyat berib, maydonda nimanidir o‘zgartirishga harakat qildik. Nimadir o‘zgargan bo‘lishi mumkin, to‘p darvozamizdan uzoqlashdi, biroq hujumda natija bo‘lmadi. Natija qilish, gol urish o‘xshamadi.

— Internetda Oston O‘runovni “Andijon”ga o‘tishi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lyapti. Bu qanchalik rost?

— Albatta, bu masala hozircha virtual. Ammo shunday imkoniyat paydo bo‘lishi bilan Oston “Andijon” safiga qo‘shiladi. U bizga, jamoaga yordam bermoqchi. “Andijon” safida to‘p surib jahon chempionatiga yaxshi tayyorlanmoqchi.

— 15 mart kuni “Neftchi” va “Paxtakor” superkubokda maydonga tushishadi. Siz ikkala klubda ham ishlagansiz. Jamoalarni imkoniyatini qanday baholaysiz?

— Yo‘q, men “Neftchi”da ishlamaganman.

— Yuriy Sarkisyan paytida unga yordam bergansizku...

— Siz adashyapsiz. Men Farg‘onada umuman ishlamaganman. Albatta, yaxshi o‘yin bo‘ladi. O‘zbekistonni ikkita kuchli jamoasi bellashadi. Kim kuchli bo‘lsa o‘sha g‘olib bo‘lsin. “Paxtakor” menga begona emas. “Paxtakor”ni DNKsi bor. Lekin hozirda “Neftchi”da mening shogirdlarim ko‘proq. Chiroyli o‘yinga muxlislik qilamiz.

— “Neftchi”ning g‘alabalarida Islom Ismoilovning effekti qanchalik deb o‘ylaysiz?

— Ochiq aytadigan bo‘lsak, “Neftchi”ning g‘alabalarida Xayrulla Hayitbayevichning mehnati yotibdi. Menimcha, bu yerda kim murabbiy bo‘lishini farqi yo‘q. Asosiysi, tajribali futbolchilar yig‘ilishgan. Jamoani shakllantirishga 6 yil vaqt ketdi va bugun o‘z samarasini beryapti. Bugungi kunda sifatli o‘yin ko‘rsatyapti. Jamoadagi aura, yaxshi ijrochilarni xarid qilish, yoshlarni tarbiyalash, hammasi jamoa kelajagiga zamin yaratilmoqda.

— Sizningcha, chempionlikka da’vogar uchta klub qaysi?

— Bashorat qilishni yoqtirmayman. Hammasi hali oldinda. Men faqat o‘z jamoam haqida gapirishim mumkin. Viloyat hokimining taklifiga binoan “Andijon”da ishlayapman. Klubni turnir jadvalida yuqorida bo‘lishini viloyat rahbariyati xohlayapti. Maqsad o‘zgarmaydi. Futbolchilar, murabbiylar, buni his qilib turibmiz. “Andijon”ni o‘zbek futbolining yetakchilaridan biri bo‘lishiga harakat qilamiz. Ishtiyoq, infratuzilma, barcha sharoitlar bo‘yicha “Andijon”da hammasi yetarli. Faqat ozgina vaqt kerak. Asosiy maqsadimiz — “Andijon”ni o‘zbek futbolining yetakchilaridan bo‘lishi uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:53, 11.03.2026. O'qildi: 215 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
3 Пахтакор Doston Hamdamov 2
4 Пахтакор Piotr Pajishek 2
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
6 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
7 Навбаҳор Ruslanbek Jiyanov 2
8 Нефтчи Jamshid Iskanderov 1
9 Нефтчи Anvarjon G‘ofurov 1
10 Навбаҳор Katulondi Kati 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.