Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Islom Ismoilov: “Derbilarda o‘yin qiyin o‘tadi”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

“Neftchi” — “Andijon” (3:0) uchrashuvidan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Islom Ismoilov fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bugungi g‘alaba bilan bizni qo‘llab-quvvatlab turgan barchani tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, baribir derbilarda o‘yin qiyin o‘tadi. Derbi o‘z nomi bilan derbi. Derbilar bo‘layotgan paytda jamoalarni jadvaldagi o‘rniga qaralmaydi. Ikkala jamoa bor kuchini maydonda ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu derbidan oldin bir statistikaga ko‘zim tushgandi, Samvel Babayan hali “Neftchi” bilan o‘yinlarda mag‘lub bo‘lmagan ekan. Har o‘yinda biz qandaydir noxush an’analarga chek qo‘yyapmiz. O‘tgan safar ham “Surxon” bilan bahsda jamoa 22 yildan beri safarda g‘alaba qozona olmayotgandi. Bunga barham berdik. O‘ylaymanki, derbidagi o‘yin hammaga manzur bo‘ldi, jamoa ajoyib o‘yin ko‘rsatdi.

— Jurnalistlarga ham ish qoldirmayapsiz. Sizga savolim yo‘q, taklifim bor. Futbolchilar 60 daqiqada ikkita gol urib qo‘yishyapti. Uchinchi yo to‘rtinchi golni 90-daqiqalarda urishsin...

— Yordamchilarim bilan gaplashgandim, nima qilsak to‘rtinchi golni ham urarkanmiz, deb muloqot qilgandik. Shuni ustida o‘ylayapmiz. Albatta, bu yoqimli holat.

— Hujumchilar ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldi. Ularning o‘yinini qanday baholaysiz?

— Bizda ikkita yaxshi saviyadagi hujumchilar bor. Ikkalasi ham yaxshi harakat qilishdi. Aytganingizdek, ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lishdi. Hujumchi har doim gollar urishi kerak degani emas. Bizning o‘yin uslubimizda bu o‘yinni qurishdagi asosiy ustunlardan biri. Ularning o‘yiniga yaxshi baho beraman. Ikkalasi ham pressingda yaxshi qatnashishdi. Uchrashuvdan avval jamoaga maksimal darajada pressingda qatnashish talabini qo‘ygandik.

— Muxlislar haqida fikringiz.

— Muxlislikka gap yo‘q. Farg‘onada har doim bu eng yuqori darajada bo‘lgan. Stadionda qo‘llab-quvvatlagan hammaga chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.

— Ketma-ket uchinchi o‘yinda ham 3:0 hisobi qayd etildi. Bu tasodifmi yoki qandaydir reja tuzilganmidi?

— Bu tasodif bo‘lsa kerak. Hech qachon bunga reja qilmaymiz. Ba’zida futbolchilar natijadan kelib chiqib to‘p nazoratiga ko‘proq e’tibor qaratishni boshlashadi. Sababi 60-daqiqagacha jamoa katta kuch yo‘qotdi. Katta hajmdagi ishni bajarishdi. Shundan kelib chiqib, jamoa to‘p nazoratiga o‘tdi. Doim ko‘proq gollar urishga harakat qilamiz. O‘yin uslubimiz ham hujumkor futbol. Birinchi bo‘limdagi 1:0 dan keyin ham futbolchilarga hech qanday himoyani o‘ylamasdan faqat hujum qilamiz, degan ko‘rsatmalarni berdik. Bu bizning g‘oyamiz va talabimiz. Futbolchilarimizning mahorati bunga javob beradi. Eyforiyaga berilmaymiz, shunaqa ishlashda va 3 tadan ko‘proq gol urishga ham harakat qilamiz.

— “Surxon” va “Mash’al” bilan bahslardan farqli birinchi bo‘limni ko‘rdik. Oldingi uchrashuvlarda qanotlardan uzatmalar ko‘p bo‘lgandi. Bugun esa bu holat uncha kuzatilmadi. Raqib xavfni ko‘proq Perisadan kutgandi. Bu tanlangan uslubmi?

— Jamoani qabul qilganimda g‘oya aniq edi. Ammo bu g‘oyaga turli yo‘llar bilan borish variantlarini qidiramiz. “Andijon” tarkibida bo‘ydor himoyachilari ko‘p. Shuni hisobga olib o‘yinini tahlil qilganimizda himoya va yarim himoya chizig‘i orasida katta bo‘shliqlar bor edi. “So‘g‘diyona” ham, “Qizilqum” ham yarim himoya va himoya orasida ko‘p to‘p qabul qilishgan. Shuning uchun futbolchilarimizga aynan shu hududlarda ko‘proq to‘pni qabul qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdik. O‘ylaymanki, birinchi bo‘limda ham aynan shu hududda ko‘p to‘p qabul qildik. Faqat qaysidir vaziyatlarda ijro yetishmadi va ayrim holatlarda raqib himoyachilari yaxshi harakat qilishdi.

— 15 mart kuni bo‘ladigan Superkubokda Ikrom Aliboyev maydonga tushadimi va umuman muhim o‘yin oldidan fikringiz qanday?

— Aliboyev jarohatini tiklash jarayonida. Barchasi ortda qoldi. Bizda yana 5 kun vaqt bor. Kim tayyor bo‘lsa, o‘shalar “Paxtakor”ga qarshi maydonga tushadi. Maksimal darajada harakat qilamiz. Ularga qarshi ideal o‘yinimizni ko‘rsatib, bu yil hisobidan jamoa uchun birinchi sovrinni qo‘lga kiritamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 06:56, 11.03.2026. O'qildi: 1030 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик