Bugun 9 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Timur Kapadze: «Paxtakor»ni yutish yoqimli»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” – “Navbahor” (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

“Lochinlar” ustozi odatdagidek, o‘z so‘zini uchrashuv haqidagi fikrlari bilan boshladi.

— Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun tarixiy yutuqqa erishildi. “Navbahor” “Paxtakor”ni safarda mag‘lub etmaganiga 31 yil bo‘lgan ekan. Barcha yigitlarga rahmat. Muxlislar ham sovuqda bizni yolg‘izlatib qo‘yishmadi. O‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik va qor biroz tashvishga soldi, ammo rejalarimizga ta’sir o‘tkazmadi.

— O‘tgan turdagi “Buxoro”ga qarshi uchrashuv qiyin kechgandi. “Ular o‘zi ham futbol o‘ynamaydi va raqibga ham o‘ynashga bermaydi”, degan edingiz. Bugungi raqibning “Paxtakor” ekanligi biroz yengillik berdimi?
— Futbolni qurishdan ko‘ra, uni buzish osonroq. “Buxoro”ga qarshi qiyin uchrashuv bo‘ldi, lekin o‘yinni tahlil qilib chiqdik. Kamchiliklar ustida ishladik. “Paxtakor”ni o‘rganib chiqdik va mazkur uchashuvga alohida reja tuzdik. Menimcha, bugun o‘yin bo‘yicha raqibdan ustun edik. “Paxtakor”ga qarshi kechadigan bellashuv har bir raqibga alohida motivasiya degani. “Paxtakor”ni yutish juda yoqimli.

— Ikkinchi bo‘limda intensivlik oshishining sababi nimada?
— Ikki bo‘limda ham o‘ziga yarasha jihatlar bo‘ldi. Qayerdadir qo‘shdik, qaysidir vaziyatda raqibga ustunlikni berdik. “Paxtakor” jiddiy raqib. Bugun esa raqibdan kelib, harakat qildik.

— Dastlabki ikki tur bilan solishtirganda qanotlarda va hujum chizig‘ida rotasiyaga qo‘l urdingiz. Bugungi rotasiyaning sababi nimada?
— Har o‘yinda rotasiya qilyapmiz. Sababi, har bir futbolchiga imkoniyat berib ko‘rishim kerak. Tarkibimiz yaxshi. Har bir pozisiyaga ikki nafardan futbolchimiz bor. Avvalgi ikki raqibimiz ham bizdan bir kun ko‘proq dam olgandi. Bularning barchasini inobatga olgan edik. Kimdir birinchi bo‘limda, qolganlar esa ikkinchi bo‘limda maydonga qo‘shiladi. Bugun asosiy tarkibdan o‘rin olganlar ham o‘zlarini yaxshi ko‘rsatishdi.

— “Navbahor” Eron klublarida to‘p tepayotgan legionerlarimizni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkinmi?
— FIFA ruxsat bersa, harakat qilamiz. Agar ruxsat olinsa, gaplashib ko‘rgan futbolchilarimiz bor. Ko‘ramiz, nasib qilgan bo‘lsa agar. Erondagi yigitlarimizni har bir klub o‘z safiga qo‘shib olishni istaydi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: @fcnavbahor
Kiritildi: 07:00, 11.03.2026. O'qildi: 1629 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик