«Arsenal» afsonasi Tyerri Anriga ham jamoaning joriy mavsumdagi o‘yin uslubi ma’qul kelmayapti. Chorshanba kuni «to‘pchilar» Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida «Bayer»ga qarshi kechgan bahsda (1:1) Kay Xaversning 89-daqiqadagi goli evazida mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi.
«Eshiting, men «Arsenal»ni yaxshi ko‘raman, lekin halol bo‘lishim kerak. Agar Artetaning har haftadagi rejasi «burchak to‘pi ishlab olish va duo qilish»dan iborat bo‘lsa, demak bizda muammolar bor. Men o‘ynagan vaqtlarda biz raqiblarga hujum qilardik. Hozir esa «Arsenal» o‘yinlarini ko‘rayotib, futbolchilar shunchaki standart vaziyat kutayotgandek taassurot uyg‘onmoqda. Bunday iqtidorli futbolchilar bilan Toni Pyulisning «Stok Siti»si kabi o‘ynash mumkin emas», — deya Anrining so‘zlarini keltiradi Topskills Sports UK.
«Arsenal» va «Bayer» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.