«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya La Ligasining 29-turi doirasida «Real»ga qarshi o‘yin oldidan "Qirollik klubi" va jamoa ustozi Alvaro Arbeloa haqida fikr bildirdi. Ushbu uchrashuv 22 martdan 23 martga o‘tar kechasi kuni bo‘lib o‘tadi.
«Arbeloa o‘z ishini juda yaxshi bajaryapti. Natijalarning o‘zi buni ko‘rsatib turibdi. U futbolchilar bilan haqiqatan ham yaxshi til topishyapti. U jamoada mustahkam munosabatlarni shakllantirmoqda, bu esa oddiy ishdan ancha yuqori darajada.
Sizlar o‘yinlarni bizdan ko‘ra ko‘proq kuzatasizlar. Biz esa ularni asosan uchrashuvga tayyorgarlik uchun tomosha qilamiz. Ularda o‘sha-o‘sha tizim, o‘sha futbolchilar. Ammo bu yerda jamoaviy o‘yin juda muhim, buni «Manchester Siti» va «Benfika»ga qarshi o‘yinlarda ko‘rdik», — deya Simeone so‘zlarini keltiradi Marca.
28 turdan so‘ng «Barselona» 70 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. Madridning «Real» jamoasi esa 4 ochko orqada qolgan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. «Atletiko» 57 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onada joylashgan.
Ispaniya — Primera. 29-tur
23 mart 2026 yil. 01:00 (Toshkent vaqti bilan)
«Real Madrid» — «Atletiko Madrid»