Italiya chempionati 30-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Milan» o‘z maydonida «Torino»ni qabul qilib, muxlislarga dramatik va gollarga boy bahs taqdim etdi. "San-Siro" stadionida o‘tgan o‘yinda maydon egalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘limda jamoalar ehtiyotkorona harakat qilishdi, ammo 37-daqiqada himoyachi Straxinya Pavlovich standart holatdan so‘ng hisobni ochdi. Biroq mehmonlar javobni kechiktirmadi — 44-daqiqada hujumchi Jovanni Simeone hisobni tenglashtirdi va birinchi bo‘lim 1:1 natija bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘lim boshlanishi bilan «Milan» o‘yin tizginini to‘liq o‘z qo‘liga oldi. 54-daqiqada Adriyen Rabyo jamoasini yana oldinga olib chiqdi. Oradan atigi ikki daqiqa o‘tib, Yussuf Fofana farqni ikki to‘pgacha oshirdi va hisob 3:1 ko‘rinishiga keldi.
O‘yin so‘nggi qismida «Torino» intrigani qayta tiklashga harakat qildi. 83-daqiqada Nikola Vlashich penaltidan aniq zarba yo‘llab, hisobni qisqartirdi. Shunga qaramay, mehmonlar kambekni to‘liq amalga oshira olmadi.
Italiya — A seriyasi, 30-tur
21 mart 2026 yil. Milan. San-Siro
«Milan» — «Torino» 3:2
Gollar: 1:0 — Straxinya Pavlovich (37), 1:1 — Jovanni Simeone (44), 2:1 — Adriyen Rabyo (54), 3:1 — Yussuf Fofana (56), 3:2 — Nikola Vlashich (83, pen.)