«Aston Villa» o‘z maydonida APLning 31-turi doirasida «Vest Xem»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Birmingemliklar safida gollarga Jon Makginn (15-daqiqa) va Olli Uotkins (68-daqiqa) mualliflik qilishdi.
«Aston Villa» (54 ochko) ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan iborat seriyasiga chek qo‘ydi va APL turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni saqlab qoldi. «Vest Xem» (29 ochko) esa 18-pog‘onani egallab turibdi.
Parallel ravishda kechgan bahsda «Tottenxem» o‘z uyida «Nottingem Forest»ga yirik — 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mehmonlar tarkibida Igor Jezus (45-daqiqa), Morgan Gibbs-Uayt (62-daqiqa) va Tayvo Avoniyi (87-daqiqa) o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Angliya Premyer-ligasi. 31-tur
22.03.2026 | 19:15
«Villa Park», Birmingem
«ASTON VILLA» — «VEST XEM» — 2:0
Gollar: Jon Makginn 15 (1:0), Olli Uotkins 68 (2:0).
«Aston Villa»: Martines, Konsa, Pau Torres, Din, Kesh, Barkli (Tilemans, 67), Onana, Makginn (Duglas Luis, 67), Rodjers (Buendiya, 77), Sancho (Beyli, 67), Uotkins (Abraxam, 87).
«Vest Xem»: Xermansen, Disasi, Mavropanos, Diuf, Van-Bissaka (Magassa, 83), Potts (Uilson, 46), Fernandesh, Souchek (Kante, 83), Pablo, Bouen, Kastelyanos (Traore, 46).
Ogohlantirish: Van-Bissaka (45).
Angliya Premyer-ligasi. 31-tur
22.03.2026 | 19:15
«Tottenxem Xotspur Stedium», London
«TOTTENXEM» — «NOTTINGEM FOREST» — 0:3
Gollar: Igor Jezus 45 (0:1), Morgan Gibbs-Uayt 62 (0:2), Tayvo Avoniyi 87 (0:3).
«Tottenxem»: Vikario, Danso, Romero, van de Ven (Udodji, 46), Spens (Bergvall, 46), Grey (Gallaxer, 84), Sarr, Tel (Simons, 67), Porro, Risharlison (Kolo Muani, 67), Solanke.
«Nottingem Forest»: Sels, Murilyo, Milenkovich, Uilyams, Ayna, Sangare, Anderson (Dominges, 90), Gibbs-Uayt (Makeyti, 90), Xadson-Odoi (Yeyts, 70), Xatchinson (Ndoy, 80), Igor Jezus (Avoniyi, 71).
Ogohlantirishlar: Udodji (82) — Sangare (53), Avoniyi (88).