Bugun 24 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Martin Edegor: «Arteta – taktikalar bo‘yicha o‘ziga xos mutaxassis»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Zamonaviy futbolning eng intellektual yarim himoyachilaridan biri Martin Edegor bugun nafaqat «Arsenal» sardori, balki maydonda jamoasini oldinga yetaklaydigan yo‘l ko‘rsatuvchi sifatida e’tirof etiladi. Chindan ham, katta faoliyatini «Real Madrid»da boshlagan norvegiyalik futbolchi kuchli bosim va yuksak talablar aro rosa toblandi. Mana, endi Londonda haqiqiy salohiyatini to‘liq namoyish etmoqda. Edegor mashhur FourFourTwo jurnaliga bergan intervyusida ko‘p masalalarga to‘xtaldi: «Real»dan voz kechib, «Arsenal» tomon og‘ish qarori, joriy mavsum jamoaning chempionlik yo‘lidagi imkoniya­ti, shaxsiy rivojlanish sirlari va hokazo…

– Keling, barchasini «Arsenal»ga qanday kelib qolganingiz haqidagi fikrlaringiz bilan boshlaymiz. Qiziq, «kanonirlar»dan tushgan taklifni qabul qilishingizdan oldin Mikel Arteta sizga nimalar haqida gapirdi?

– Ha, «Arsenal» libosini kiyishimga qadar «Real» futbolchisi edim. Biroq «Madrid»da kutilgan darajada o‘sish oson emasligini 16 yoshdayoq anglab yetganman. «Madrid»da ayniqsa, kuchli bosimning yaqqol ta’siri seziladi, baribir. Esimda, Arteta bilan birinchi marta Zoom platformasi orqali gaplashgan edim. O‘shanda u «Arsenal»ning yaqin kelajak uchun rejalariga to‘xtalib, o‘yin uslubiga juda yaxshi tushishim, jamoada katta rol o‘ynashim mumkinligini samimiy va ochiq tushuntirishga urindi. Ochig‘i, o‘sha ilk muloqotdan keyinoq menda Londonga yo‘l olish masalasida biror shubha qolmadi. Oddiy ifoda etsam, o‘zim uchun kelajak yo‘lini aniq belgilab oldim – faqat  «Arsenal»!

– Aytingchi, Mikel Arteta jamoa uchun murakkab vaziyatlarda boshqalarda kuzatilmaydigan qanday xususiyatlari bilan ajralib turadi?

– Bosh murabbiyimiz barchasini chuqur tahlil qilish qobiliyati, taktik malakasi va o‘yin borishini o‘zgartirish uchun nima qilish kerakligini teran tushunishi bilan ko‘pchilikka namunadir. Deylik, u ba’zan o‘yinga qandaydir kichik o‘zgarishlar kiritadi va yakunda arzimasdek tuyulgan shu yurishi yordamida muvaffaqiyatga erishamiz. Qisqasi, Arteta –  futbol falsafasi boy murabbiy. U yana taktika bo‘yicha ham benazir.

– Shu o‘rinda Arteta professional futbolchi sifatida rivojlanishingizga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqida gapirib bersangiz…

– Murabbiy taktika bo‘yicha bilimlarimni boyitish barobarida o‘yinni qanday boshqarish-nazorat qilish, kichik detallarga to‘g‘ri yondashish, maydonda vazifamni effektli bajarish uchun nimalarga e’tibor qaratishim kerakligini atroflicha tushuntirdi. Ochiq tan olaman, aynan uning ko‘rsatmalari asosida ishlab, bugungi darajaga yetdim, futbolda o‘z o‘rnimni topdim. Qolaversa, Arteta bilan ishlash asnosida jamoaviy o‘yin bo‘yicha foydali bo‘lish, vaziyatlarni to‘g‘ri baholash va muayyan holatlarda muhim qarorlar qabul qilishni o‘rgandim.

– Zamonaviy futbolda to‘pga ko‘proq egalik qilish qay darajada muhim?

– Nihoyatda muhim jarayon. Zotan, agar to‘p sizda bo‘lsa, o‘yin sur’atini belgilashingiz, maydonda nazoratni qo‘lga olishingiz, qo‘ying­ki, raqib ustidan hukmronlik o‘rnatishingiz ancha osonlashadi. Shuningdek, o‘yinga qachon tezlik qo‘shish va qaysi payt sekinlashishni o‘zingiz hal qilasiz. Misol uchun, ba’zida bo‘sh hududlardan unumli foydalanish uchun faolroq harakatlanish talab etiladi. Gohida esa shoshilmasdan, eng to‘g‘ri lahzani kutishingizga to‘g‘ri keladi.

– «Arsenal»ning APLda oxirgi marta chempionlikni tantana qilganiga 22 yil to‘lmoqda. Sizningcha, jamoangiz joriy mavsum yakunida nihoyat, «abadiy ikkinchi» qabilidagi sovuq tavqi la’natdan qutularmikan?

– Juda qiyin savol. To‘g‘ri, joriy mavsumning katta masofasini turnir peshqadami sifatida bosib o‘tdik. Ammo hozir vaziyat juda-juda qaltis. Gap APLdek eng raqobatbardosh liga haqida ketayotgan ekan, barchasi bir zumda o‘zgarib ketishi mumkinligini unutmaslik darkor. Albatta, hammamiz bu safar har qachongidagidan yaxshirog‘iga erishish umididamiz. Har  holda, oxirgi yillarda bar­qaror o‘yin namoyish etib kelyapmiz va nihoyat, nufuzli sovrinlar yutishga yaqinmiz. Asosiysi, mashg‘ulotlarda yanada yaxshiroq ishlayapmiz, eng kichik detallarga ham e’tibor qarat­yapmiz. Ayni payt eng muhimi – jamoa uchun borimizni berish. Nasib etsa, shu yo‘l orqali ko‘zlangan maqsadga erishamiz. Kelajak haqida bosh qotirish esa keyingi masala. Lekin takror aytaman, APLda g‘olib chiqish naqadar qiyinligini yaxshi bilamiz.

– Edegor «Arsenal»dagi 5 yillik faoliyati davomida futbolchi sifatida qay darajada o‘zgardi?

– Futbolchilar ulg‘ayishgani sari nimalarnidir o‘rganishadi va muayyan darajada tajriba orttirib borishadi – bu hayotning oddiy formulasi. Nazarimda, hozirda ancha xotirjamroq futbolchiga aylandim. Oldin ham joriy mavsumda kuzatilganlariga o‘xshash vaziyatlarga ko‘p marta duch kelganman. Shuning uchun hozir bunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerakligi va jamoaga yordam berish mumkinligini yaxshi bilaman. Yana bir bora ta’kidlayman, hozir juda uzoqqa qarashimiz, bir necha oydan keyin nima bo‘lishi haqida o‘ylashimiz shart emas, shunchaki, ayni holatda «Arsenal» manfaati uchun har kuni qo‘ldan kelganicha harakat qilish kerak.

– Deylik, «Arsenal»ning joriy mavsumdagi yarim himoyasi chempionlik poygasining barcha talablariga javob bera oladimi?

– Ha, shubhasiz. Menimcha, jamoamiz yarim himoyasi salohiyat jihatdan chempionlik talablariga mukammal darajada muvofiqdir. Binobarin, oxirgi ikki transferlar muddatida markaziy yarim himoya chizig‘i sezilarli darajada kuchaytirildi. Deylik, yozda safimizga qo‘shilgan Martin Subimendi bilan «Real Sosyedad»da birga o‘ynaganman va uni juda yaxshi bilaman. Ha, ehtimol, adashim jismoniy jihatdan o‘ta baquvvat emasdir, lekin o‘yinni tushunish, to‘psiz harakatlanish va to‘g‘ri pozisiya tanlash borasida yuqori intellektga ega. Shuningdek, maydonda Deklan Rays, Mikel Merino va Eberechi Eze kabi ajoyib ijrochilar bilan yelkama-elka to‘p surish zavq bag‘ishlamoqda.

– Bundan 2 yil oldin «Arsenal»da sardorlik bog‘ichini qo‘lga oldingiz va Arteta ta’biri bilan aytganda, Angliya futboli tarixidagi eng yaxshi yetakchilar ro‘yxatiga qo‘shildingiz…

– Bunday e’tirofga erishish – katta sharaf! Chunonchi, ingliz futboli katta salohiyatga ega sardorlarni juda ko‘p ko‘rgan. Birgina «Arsenal» tarixiga qarasak, Toni Adams, Patrik Viyeyra va Tyerri Anri kabi yetakchilarni ko‘rish mumkin. Shunday buyuk sardorlarga izdosh bo‘lish chinakam faxr uyg‘otadi, albatta. Aytish kerak, sardorlik bog‘ichi faqat tajriba yoki o‘yin amaliyotining ko‘pligi uchun berib qo‘yilmaydi. Aksincha, bog‘ich egasi jamoaga har tomonlama ijobiy ta’sir o‘tkaza olishi kerak.

– Endi Norvegiya futboli haqida ham ozgina gaplashsak. Mana, mamlakat milliy jamoasi naq 28 yilga cho‘zilgan uzoq tanaffusdan keyin nihoyat, yana jahon chempionatiga boradigan bo‘ldi. Mazkur muvaffaqiyatni qanday baholaysiz?

– Tabiiyki, bu natija – mamlakatimiz futboli uchun katta g‘alaba. Umuman, uzoq kutilgan yo‘llanmaning qo‘lga kiritilishi hammamiz uchun unutilmas voqelik sanaladi. Ha, oldimizda jiddiy raqiblar turibdi. Mundial guruh bosqichida Senegal va Fransiya termalariga qarshi o‘ynaymiz, yana «pley-off» g‘olibi bilan ham. Bo‘lajak o‘yinlarning hech biri oson o‘tmasligi tayin. Shunga qaramay, o‘z kuchimizga ishonamiz va o‘ylaymanki, musobaqada yaxshi natija ko‘rsatishga qurbimiz yetadi.

– Oxirgi savol: klub miqyosidagi maqsadlaringiz qanday?

– Har bir futbolchi kabi eng yuqori natijalarga erishish orzusidaman. Hozirgi asosiy va birlamchi maqsad – APL chempionligini qo‘lga kiritish. Shu yo‘lda bor kuchimizni berishimiz o‘z-o‘zidan tushunarli.

XURSHIDBEK tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 22:02, 24.03.2026. O'qildi: 131 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик