Chexiya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 saralashining pley-off bosqichida Daniya ustidan g‘alaba qozondi — 2:2 (penaltilar seriyasi bo‘yicha — 3:1). Uchrashuv Pragadagi «Epet Arena» stadionida bo‘lib o‘tdi.
O‘yinning 3-daqiqasidayoq chexiyalik hujumchi Pavel Shuls hisobni ochdi. Ushbu gol birinchi bo‘limda yagona bo‘lib qoldi. Daniyaliklar ikkinchi bo‘limda muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi — 72-daqiqada himoyachi Yoaxim Andersen raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar yana bittadan gol urishdi. Ladislav Kreychining goliga daniyaliklar Kasper Xegning aniq zarbasi bilan javob qaytarishdi. Penaltilar seriyasida esa chexlar ancha aniqroq harakat qilishdi — 3:1.
Shu tariqa, Chexiya terma jamoasi shu yilning iyun oyida AQSH, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular «A» guruhida Meksika, JAR va Janubiy Koreya terma jamoalari bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
JCH-2026 saralashi. Yevropa. Pley-off. Final
31.03.2026 | 23:45
«epet ARENA», Praga
CHEXIYA — DANIYA — 2:2 (PENALTI — 3:1)
Gollar: Pavel Shuls 3 (1:0), Yoaxim Andersen 72 (1:1), Ladislav Kreychi 100 (2:1), Kasper Xeg 111 (2:2).
Chexiya: Kovarj, Granach, Kreychi, Xaloupek, Darida (Cherv, 60), Souchek, Zeleni, Soufal, Provod (Xitil, 68), Shuls (Sadilek, 112), Shik (Xori, 91).
Daniya: Xermansen, Andersen, Nelsson (Nergor, 60), Mele, Ba, Yulmann (Xeg, 106), Xeybyerg, Froxoldt (Eriksen, 72), Damsgor (Yensen, 115), Isaksen (Dreyer, 86), Xeylunn.
Ogohlantirishlar: Zeleni (45) — Nelsson (21), Andersen (105).