«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot Angliya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Everton»ga qarshi bahsda yarim himoyachi Kyortis Jonsning ko‘rsatgan o‘yinidan mamnun bo‘ldi.
Uchrashuv «Liverpul»ning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Bugun Jonsning o‘yini menga juda manzur bo‘ldi. U ajoyib o‘ynadi. Raqibning yakkama-yakka vaziyatlarda juda kuchli bo‘lgan eng yaxshi futbolchilaridan biriga qarshi to‘p bilan xotirjam harakat qildi», — deya Slotning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports.
«Yarim himoyachi uchun xuddi u kabi himoyalanish — katta maqtovga loyiq ish. O‘ylaymanki, Jons dastlabki 20 daqiqani istisno qilganda, o‘z pozisiyasini to‘g‘ri tanlashi bilan hujumlarimizni qulay rivojlantirishda jamoaga juda ko‘p yordam berdi». «O‘tgan mavsumda u final hushtagidan keyin ham kurashar edi (kuchini keraksiz joyga sarflardi), bugun esa — 100 daqiqadan ortiq vaqt davomida maydonda foydali harakat qildi», — deya qo‘shimcha qildi Slot.
Murabbiy bu bilan futbolchi ilgari o‘z energiyasini noto‘g‘ri yo‘nalishda sarflagani, ammo hozirda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarganini nazarda tutgan.