«Vest Xem» bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu jamoaning APLdan Chempionshipga tushib ketgani haqida fikr bildirdi.
«Bu klubdagi barchamiz uchun qayg‘uli lahza. Bu og‘ir kun bo‘ldi. Bizning zimmamizda mushkul vazifa bor edi. O‘z taqdirimizni o‘zimiz hal qilish imtiyozidan ayrildik.
Klub qiyin ahvolda ekanini anglab yetishimiz kerak, «Vest Xem» Premyer-ligaga qaytishi shart. Ammo hozir biz ushbu qayg‘uli davrni boshimizdan kechirishimiz, muxlislarning xafsalasi pir bo‘lgani va g‘azabini tushunishimiz lozim. Biz ularga har narsadan ko‘ra ko‘proq minnatdorchilik bildirishimiz kerak.
Kelajakka oid barcha masalalar bo‘yicha — avvalo, biz bu yomon vaziyatni yengib o‘tishimiz zarur. Biz kelajak haqida gaplashmadik, chunki hozir buning vaqti emas. Biz bu haqda ertaga yoki boshqa kuni o‘ylay boshlaymiz. Ha, muxlislar xabardor bo‘lishadi. Albatta, bilishadi. Ammo, iltimos, men barchamizga nisbatan his qilayotgan hurmatni tushuning — bugun emas. Ular xabardor bo‘lishadi», — dedi portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
«Vest Xem» 39 ochko jamg‘arib, APL turnir jadvalida 18-o‘rinda qoldi va Chempionshipga ravona bo‘ldi. Mavsumning so‘nggi 38-tur uchrashuvida jamoa o‘z maydonida «Lids»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgan edi.