«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik APLning so‘nggi turida «Brayton» ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Eslatib o‘tamiz, mankunianliklar so‘nggi 6 ta o‘yinda 5 ta g‘alaba va 1 ta durang qayd etishdi.
«Biz mavsumni juda kuchli yakunladik. Yaxshi o‘yinlar seriyasini o‘tkazdik, uchinchi o‘rin deyarli kafolatlangan edi, shuning uchun mavsumni shu ruhda davom ettirib, chiroyli tarzda yakunlaganimiz menga yoqdi. Biz bu davrni mavsum yakuni sifatida emas, balki keyingi bosqich sifatida qabul qildik va bugungi o‘yin yigitlarning uchrashuvga qay darajada jiddiy yondashganini yaqqol ko‘rsatib berdi.
Agar formada bo‘lmasangiz, «Brayton» — eng qiyin raqiblardan biri. Yaxshi kayfiyat, a’lo darajadagi o‘yin va yuqori sifat — xursand bo‘lish uchun sabablarimiz ko‘p edi.
Biz oldimizga yuqori maqsadlar qo‘ygandik, bu yerda boshqacha bo‘lishi ham mumkin emas. Biz imkon qadar yuqoriroq o‘rinni egallashni xohladik. Barqarorlik va o‘yin darajasida o‘yinchilarning hissasi katta. Bu keyingi mavsumda yanada rivojlanish uchun poydevordir», — dedi Kerrik.