Insayder Fabris Xoukins «PSJ» vingeri Bredli Barkolyaning «Liverpul»ga ehtimoliy transferi bo‘yicha yangi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Xoukinsning so‘zlariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining o‘zi mersisaydliklar safiga o‘tishni xohlamoqda. «PSJ» Barkolyaning istagidan oldindan xabardor qilingan va Parij klubi uni jamoada majburan ushlab qolish niyatida emas.
«Bredli Barkolya «Liverpul»ga o‘tishni xohlamoqda. «PSJ» uning istagidan oldindan xabardor qilingan va klub buni qabul qilgan. Barkolyani ushlab qolish niyati yo‘q. Asosiy muammo transfer summasi bo‘lib qolmoqda — dastlab «PSJ» futbolchini 170 million yevroga baholagan.
«Liverpul» turli og‘zaki takliflar bilan chiqdi. Birinchi og‘zaki taklifdan keyin boshqalari ham bo‘ldi, ammo hozirgacha yozma taklif yuborilmadi. Menimcha, muzokaralarning hozirgi bosqichida keyingi yozma taklif bitimni yakunlash imkonini beradigan taklif bo‘ladi.
Biz transfer summasi 130–150 million yevro atrofida bo‘lishi mumkinligini tushunyapmiz. Ammo har qanday holatda ham «Liverpul» Bredli Barkolya uchun 120 million yevrodan kam to‘lamaydi. Ushbu kelishuvda ishtirok etayotgan barcha tomonlar yakunda kelishuvga erishilishiga ishonmoqda», — dedi Xoukins.
Shu tariqa, transferni amalga oshirishdagi asosiy masala futbolchining xohishi emas, balki klublarning transfer summasi bo‘yicha kelishuvga erishishi bo‘lib turibdi.