"Arsenal" sport direktori Andrea Bertaning transfer muzokaralarini olib borish uslubi raqib klublar tomonidan tanqid qilinmoqda. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Ayrim klublar "Arsenal" sotuvchi tomon bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish o‘rniga vositachilardan keng foydalanishidan norozi bo‘lgan.
Bu yondashuv Jeremi Monga va Brunu Gimarayns transferlari vaqtida ham savollar tug‘dirgan. Londonliklar Mongani o‘z safiga qo‘sha olmagan, Gimarayns uchun esa dastlab rejalashtirilganidan ko‘proq mablag‘ to‘lashga majbur bo‘lgan.
"Arsenal" yozda yuqori darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolay olmagani ham klubning transfer rejalashtirishiga nisbatan savollarni kuchaytirdi. Jamoa turli paytlarda uslubi va profili bir-biridan keskin farq qiladigan Morgan Rojers, Vinisius Junior va Xulian Alvares kabi futbolchilarni ko‘rib chiqqan.
Ayrim manbalarga ko‘ra, "Arsenal"ning o‘tgan mavsumda chempionlik uchun kurashga haddan tashqari katta e’tibor qaratishi yozgi transferlar rejasini yetarlicha puxta tayyorlamasligiga sabab bo‘lgan.
Bertaning o‘zi esa klubdagi byurokratik jarayonlar ko‘payganidan norozi. Bu transfer qarorlarini sekinlashtirayotgani va uning muzokaralardagi vakolatini cheklayotgani aytilmoqda.
Natijada "Arsenal" hujum chizig‘iga elita darajasidagi yangi futbolchi qo‘shmasdan qoldi. Hozirda Xristos Solis jamoaning chap qanotdagi birinchi tanlovi bo‘lib ko‘rinmoqda.