Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 134 53 45 232
2 Yaponiya 41 68 63 172
3 Janubiy Koreya 21 26 44 91
4 O‘zbekiston 12 17 13 42
5 Qozog‘iston 9 13 23 45
6 Tailand 9 8 12 29
7 Bahrayn 9 3 3 15
8 Eron 8 15 10 33
9 KXDR 7 5 5 17
10 Malayziya 6 3 9 18

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1893 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2150 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 29.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 29.09.2026

      06:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Афины-2004.
      09:00 Снукер. Второй раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Второй раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      15:30 Снукер. Второй раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Маунтинбайк. Женщины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      20:15 Маунтинбайк. Мужчины. Скоростной спуск. Вистлер. Кубок мира.
      21:00 Велоспорт. Монреаль. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на трудность. Финал. Мировая серия. Копер.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Фудзи. Обзор.
      02:00 Трейлраннинг.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      03:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mirko Yelichich: «Bunyodkor» uchun afsusdaman, bunday yigitlarni, bu klubni saqlab qolish kerak»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / O‘zbekiston kubogi / Uchrashuvlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich O‘zbekiston kubogi nimchorak final bosqichi doirasida "Bunyodkor"ga qarshi bo‘lib o‘tgan bahs borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Juda jangovor o‘yinni ko‘rdik. «Bunyodkor» yosh futbolchilari va yangi murabbiyi evaziga bu o‘yinga yaxshi kayfiyatda kelishini bilardik. Klubning akademiyasi juda yaxshi, 21–22 yoshli tayyor futbolchilar chiqmoqda. Ular bilan yaxshi futbol o‘ynasa bo‘ladi. «Bunyodkor» uchun afsusdaman, bunday yigitlarni, bu klubni saqlab qolish kerak. Ularga omad tilayman va chiroyli o‘yin uchun rahmat aytaman. O‘zimizga keladigan bo‘lsak, barchasi o‘rtacha bo‘ldi. Yaxshi tomonlar ham, yomonlari ham bor. O‘z golimizni urib olganimiz uchun katta bosimga duch keldik.

— Bittagina gol urilgan bo‘lsa-da, ikkala jamoada ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi.

— Ochiq o‘yin bo‘ldi. Jamoalar shunday o‘yin ko‘rsatishga tayyor. Tezlik ko‘rsatishyapti, taslim bo‘lishmayapti. Qiziqarli o‘yinlar ko‘paymoqda.

— «Bunyodkor»ga qarshi o‘tgan safargi o‘yin ham deyarli shunday bo‘lgandi: «Lokomotiv»da ko‘p vaziyat bo‘lmagan, lekin realizasiya yaxshi bo‘lgan. Bugun esa «Bunyodkor»da ham, sizning jamoangizda ham yetarlicha vaziyatlar bo‘ldi. «Lokomotiv» 6–7 ta gol urishi ham mumkin edi.

— Futbol shunaqa. Ba’zida to‘rtta vaziyatdan to‘rttasini ursa bo‘ladi, ba’zida 12 tasidan bittasini. Balki bunda hujumchining mahoratini ayblash mumkin. Lekin kecha «Al-Ahli»ga qarshi o‘yinda katta pul olayotgan hujumchining gol ura olmayotganini ham ko‘rishimiz mumkin. Muhimi, biz vaziyatlar yaratyapmiz, bu yaxshi. Vaziyatlar yaratmaslik esa juda yomon. Bu esa o‘yin uslubiga bog‘liq. Biz esa bundan mamnunmiz.

— O‘tgan safargi matbuot anjumanida Jasur Yaxshiboyev haqida savol bergandim. U so‘nggi 6 o‘yinda 4 ta gol urdi. Uning terma jamoaga qaytishi borasida biror yangilik bormi?

— Bu borada biror nima bilmayman. Ular qanday uslubdagi jamoa yig‘ishlari haqida xabarim yo‘q. Termaning ayrim murabbiylari o‘yinlarimizga kelishdi. Ular vinger ko‘rishdimi yoki boshqa futbolchimi, to‘g‘risi, ma’lumot berishmadi. Balki bu safar talablar va vazifalar boshqachadir. Albatta, buning uchun uning sifati yetarli. Faqatgina tezroq u o‘z iqtidori va sifatini ochib bera olishi kerak. Bu boshqa masala. Futbolchilar klubida boshqacha, termada boshqacha o‘yin uslubida o‘ynashadi. Ayni damda uning o‘yinlaridan mamnunmiz.

— Oradan 5 kun o‘tib, «Neftchi»ga qarshi o‘yin. Bu borada nima deya olasiz?

— «Paxtakor» bilan birgalikda «Neftchi» Superligada yuqori vazifa qo‘ygan. Albatta, ular ham bu o‘yinga yaxshigina tayyorlanishadi va bizga bosim qilishadi. Biz esa ochiq o‘yin ko‘rsatishni istaymiz. Biz o‘z oldimizga qo‘ygan vazifamizni bajarish uchun oxirigacha kurashamiz. Ko‘ramiz. Lekin aniq qiziq o‘yin bo‘ladi.

— «Neftchi»ga qarshi ilk o‘yinni ko‘rgandim. O‘shanda jamoa kuchni to‘liq taqsimlay olmagan. 70 daqiqa katta hajmli hujumlar uyushtirgan, keyin esa kuch qolmadi va «Neftchi»ning hujumlari ko‘paydi. «Lokomotiv» taymingni his qila olmadi va yo‘qotilgan kuch sababli ikkita gol o‘tkazib yubordi.

— O‘shanda mavsumning boshi edi. Jamoa barcha bir-birini tushunib olishi uchun 4–5 ta o‘yin kerak edi. Mavsum oldidan ikki oylik yig‘in ham bor, lekin u rasmiy o‘yinlarning o‘rnini bosa olmaydi. O‘shanda biz barchasini to‘g‘ri taqsimlay olmayotgandik. Tarkib yangidan yig‘ilgan, futbolchilar bir-birini tushunishi qiyin bo‘layotgandi. Nafaqat jismonan, balki taktik jihatdan ham toblanish uchun yangi jamoaga vaqt kerak bo‘ladi. Hamma bir-birini tushunsa, jismonan kamroq kuch ketadi, to‘p kam yo‘qotiladi va o‘yin ko‘proq nazorat ostida bo‘ladi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 08:53, 16.09.2026. O'qildi: 1325 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик