Bugun, 16 sentyabr kuni futbol muxlislarini O‘zbekiston va Yevropa maydonlarida bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. Kun dasturidan O‘zbekiston Kubogi, OCHL-2, Yevropa ligasi, Angliya Liga Kubogi hamda Ispaniya La Ligasi bahslari o‘rin olgan.
O‘zbekiston Kubogi 1/8 finali doirasida qolgan ikki chorak finalchi nomi aniqlanadi. Soat 18:30 da OKMK "Xorazm"ni qabul qiladi. Uchrashuv Futbol TV orqali Abror Jo‘raqulov sharhida namoyish etiladi. Soat 19:00 da esa "G‘azalkent" — "Qo‘qon-1912" bahsi Sport TV orqali Muhammadyor Soliyev sharhida efirga uzatiladi.
OCHL-2 musobaqasida "Nasaf" yangi mavsumdagi ishtirokini boshlaydi. Qarshiliklar soat 21:00 da safarda "Al Halidiya"ga qarshi maydonga tushadi. Bahs Futbol TV orqali Abdulla Nurmanov va Zuhriddin Qilichev sharhida ko‘rsatiladi. Shu vaqtda "Al Vahda" — "Quvayt SK" uchrashuvi ham start oladi.
Yevropa ligasining 1-turida soat 21:45 da "Arat" — "Sparta" hamda "Omoniya" — "Selta" o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Toshkent vaqti bilan 00:00 da "Anderlext" — "Lion", "Milan" — "Benfika" va "Bayer" — "Sele" bahslari boshlanadi.
Angliya Liga Kubogi 3-bosqichida soat 23:45 da "Everton" — "Vulverhempton" uchrashuvi o‘tkaziladi. Tungi 00:00 da esa "Koventri" — "Aston Villa" va "Manchester Yunayted" — "Brayton" bahslari start oladi.
La Liga 6-turida soat 22:00 da "Deportivo" — "Sevilya", 23:00 da "Atletiko" — "Osasuna" uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Soat 00:30 da "Levante" — "Atletik" hamda "Barselona" — "Rasing" bahslari o‘tkaziladi. "Barselona" o‘yini Zo'r TV orqali Faxriddin Turopov sharhida jonli efirda namoyish etiladi.