Osiyo o‘yinlarining ayollar futboli bo‘yicha chorak final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Uchrashuvning 6-daqiqasida Yon Su-Jong hisobni ochdi. Ammo oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Diyora Xabibullayeva javob golini kiritib, muvozanatni tikladi — 1:1.
17-daqiqada Cho YU-Ri Janubiy Koreyani yana oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin koreyaliklar yana ikki bor gol urdi: 44-daqiqada Yon Su-Jong dubl qayd etgan bo‘lsa, 45+1-daqiqada Cho YU-Ri ham o‘zining ikkinchi golini kiritdi. Shu tariqa tanaffusga 4:1 hisobi bilan chiqildi.
Ikkinchi bo‘limda O‘zbekiston jamoasi hisobni qisqartirishga harakat qildi. 64-daqiqada Jang Sel-Gi avtogol muallifi bo‘ldi, 66-daqiqada esa Nilufar Qudratova jamoamizning uchinchi golini kiritdi — 4:3.
Biroq 74-daqiqada Yon Su-Jong xet-trikni rasmiylashtirdi. Uchrashuvga 90+4-daqiqada Kim Min-Ji nuqta qo‘ydi — 6:3.
Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi chorak finalda Janubiy Koreyaga 3:6 hisobida mag‘lub bo‘lib, Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Osiyo o‘yinlari. Ayollar futboli. Chorak final
Janubiy Koreya — O‘zbekiston — 6:3
Gollar: Yon Su-Jong, 6 — 1:0; Diyora Xabibullayeva, 10 — 1:1; Cho YU-Ri, 17 — 2:1; Yon Su-Jong, 44 — 3:1; Cho YU-Ri, 45+1 — 4:1; Jang Sel-Gi, 64 (avtogol) — 4:2; Nilufar Qudratova, 66 — 4:3; Yon Su-Jong, 74 — 5:3; Kim Min-Ji, 90+4 — 6:3.